Birinchi muhim ustuvor yo’nalish - bu Mustaqillikni bundan buyon ham
asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib xizmat qiladi.
Mustaqillik biz uchun muqaddas ma’naviy qadriyatlar va milliy
an’analarga tayangan holda va tarzda yashash, ana shu bebaho merosni asrab-
avaylab, uni kelgusi avlodlarga yanada boyitgan holda yetkazish demakdir.
Ayni
vaqtda
mustaqillik
bizdan
zimmamizga
olgan
xalqaro
majburiyatlarga rioya etish va ularni bajarishni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Nizomi talablariga, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarga qat’iy
amal qilib yashash ma’suliyatini so’zsiz yuklaydi.
Bu - uzoq-yaqin qo’shnilarimiz bilan do’stlik va hamkorlik asosida
yashash, dunyo hamjamiyatidan o’zimizga munosib obro’ va o’rin egallash uchun
doim intilish va kurashish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |