O'ZBEKISTON RESPUBLIKA OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«MENEJMENT» fakulteti
BANK MENEJMENTI VA MARKETINGGI fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: SM 50 guruh talabasi
Tursinbayeva Gulsauir
TOSHKENT-2021
8- VARIANT
Banklarni faoliyatini boshqarishda Markaziy bankning o'rni
Tijorat banklarida marketing va uning ahamiyati
JAVOBLAR
1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir. Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko’pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo’lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funktsiyalarini ikkinchi pog’ona- tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi.
Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to’lovga qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog’onasiga etkaziladi. Markaziy bank pul siyosatini o’tkazish yo’li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy Bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo’ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o’rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi. Bank tizimining ikkinchi pog’onasi- bu xalq xo’jaligi va aholiga xizmat ko’rsatishda bosh bo’g’in bo’lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog’idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko’rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Markaziy bank bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasadir. 1995 yil 21 dekabrda «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» gi Qonuni qabul qilindi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to’g’risida»gi Qonunning 1-moddasida belgilangan: «O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki yuridik shaxs bo’lib, faqat davlat mulki hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki- iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z
harajatlarini o’zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega.»
Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini
ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining
barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy
siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning o’rini juda muhim ekanligini
belgilaydi. Mamlakatda pul muomalasi samarali bo’lishi va moliya muassasalari
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit hamda valyuta siyoati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdagi uning mustaqilligini xuquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo’jaligini kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosati sohasi bo’lib hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiradi. Bu holat Qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Qonunning 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
yuridik shaxs sifatida ko’chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol
uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini
samarali o’tkazish imkoniyatini beradi. Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko’rsatadigan hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning bevosita nazorati va ta’sirida bo’lmagan turli omillar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi ko’rsatadiki, aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo’nalishini, birinchi galda, pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni idora qiladi.
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug’ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko’rsatish
ta’qiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida
bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank o’z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko’rishi lozim.
2 Marketing- bu bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902-yilda AQShda paydo bo‘lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko‘pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing")- "bozor bilan bog‘liq faoliyat" ma’nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir.
Marketing- ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun
birlashtirishdir. Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo‘lgan emas. Bu- ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga
menedjerlarning ko‘p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. Marketing- murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Taniqli Amerika olimi- marketolog F.Kotler marketingning ta’rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing- tovarlarni yaratish, taklif etish va ayirboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir". Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday
o‘rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos
tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi sotadi".
Fransuz marketing maktabida qo‘llaniladigan ta’rif ham Peter Drukker
ta’rifiga juda yaqin turadi. Unga ko‘ra: "Marketing -bu sotishni ta’minlash va
sotuvga tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarning talabiga mos holda chiqarish
orqali ularning talabini qondirish maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar
majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985-yilda marketingga bergan
ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko‘proq mijozlar jalb qilish orqali o‘zining xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda olayotgan foydani
ko‘paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini usullaridan
foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining maqsadi va mazmuni
moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta’sirida banklar va mijozlar o‘rtasidagi
munosabatlar o‘zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‘zgardi. Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, mijozlarni jalb qilish va rag‘batlantirish maksadida o‘rganishgan xolos. Banklarda marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‘z maxsulotiga emas, balki mijozlarning aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‘liq o‘rganish va ehtiyojlarining o‘zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi. Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‘plab iqtisodchilar tomonidan ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy tushunchalari ko‘plab kitoblarda keltirilib o‘tilgan.
Jumladan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketing tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‘g‘risida fikr yuritgan mualliflar va ularning asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tamiz. Ma’lumki, marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan va o‘zbek tilida bozor ma’nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‘z xizmatlari va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi strategiya va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat banklarida marketing faoliyatini alohida tashkil qilinadigan bo‘limlar shug‘ullanadi.
Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‘plab iqtisodchilar tomonidan ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy
tushunchalari ko‘plab kitoblarda keltirilib o‘tilgan. Jumladan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketing tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‘g‘risida fikr yuritgan mualliflar va ularning asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tamiz. Ma’lumki, marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan va o‘zbek
tilida bozor ma’nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‘z
xizmatlari va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar
bozoridagi strategiya va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat
banklarida marketing faoliyatini alohida tashkil qilinadigan bo‘limlar
shug‘ullanadi.
E.A.Utkin tomonidan yozilgan “Bankovskiy marketing” kitobida keltirilgan
ma’lumotlar, ya’ni bank marketingiga berilgan ta’riflar, uning tamoyil va maqsadlarini boshqa mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarda ham ko‘rish mumkin. Ushbu kitobda bank marketingining nazariy asoslari yaxshi yoritilib berilgan. Bozor iktisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, ularning tahlillari va shu tahlillarga ko‘ra bankning bir qator qarorlar qabul qilish, bank faoliyatini rejalashtirish jarayoni, strategik va marketing rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. I.T.Balabanovning “Banki i bankovskoe delo” nomli kitobida bank marketingiga qisqacha to‘xtab o‘tilgan bo‘lib, unda bank marketingining nazariy tushunchalariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‘z ichiga oluvchi faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan. V.E.Cherkasov va L.A.Plotisinalar muallifligi ostida nashr etilgan “Bankovskie operasii: marketing, analiz, rascheti” kitobida bank xizmatlari bozori va uning tahlili to‘g‘risida tushunchalar berilgan. Xizmatlar bozorida aniq
banklarga tegishli ulushlarni aniqlash va ularni tahlil etish yo‘nalishlari
ko‘rsatilgan. O.I.Lavrushin muallifligi ostida nashr etilgan “Upravlenie deyatelnostyu kommercheskogo banka” kitobida bank marketingi to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. Lekin uning asosiy yunalishi faqatgina bankning ichki omillari bo‘lib qolgan. Ya’ni bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. Bank marketingi esa juda ko‘p faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu tarzda mijozlarning ehtiyojlari ma’lum bir mahsulotga bo‘lgan talabni qondirishga va sotib olishga bo‘lgan xohishiga qarab o‘lchanadi. Shunday qilib, bank marketingini yuqori daromadli bank xizmatlari bozorini izlash va foydalanish, mijozlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olib amalga oshirish uchun mo‘ljallangan faoliyat deb, ta’kidlashimiz mumkin.
Marketingning asosiy maqsadi- bankdan to mijozgacha bo‘lgan har bir jarayonda bank xizmatlari ko‘rsatishda mukammal tezlikni ta’minlashdan iborat. Pul mablag‘larining aylanish darajasi va sotilishi o‘ta foydali bo‘lishi, moliyaviy mablag‘larni saqlashda kam xarajat talab qilinishi, mijozlar talabining o‘z vaqtida
qondirilishi va to‘liq amalga oshirishga qodirlik shunday tezlikka erishishga
imkon beradi.
Tijorat banklarida marketingning bosh maqsadi mijozlarni doimiy jalb qilish
hisoblanadi. Chunki, bankning mijozlari qancha ko‘p bo‘lsa, uning daromad olishi,
barqaror faoliyat yuritishi mumkin. Bank marketingi aniq turdagi bank
operatsiyalarining ta’sirini oshirishga yo‘naltirilgan professional faoliyatdir.
Bugungi kunda u to‘liq talab qilib olinmagan va banklar tomonidan yetarlicha
o‘zlashtirilmagan soha xisoblanadi. Marketing tizimini yaratish masalasi, doimiy izlanishni va yuqori malakali ish yuritishni hamda moliya soxasi marketingini taxlil qilishni taqozo etadi. Bank xizmatlari bozorida kredit muassasalari oldidagi maqsadni aniq ifodalashga qodirlik va unga erishish usullaridan foydalanish banklar uchun o‘ta muhim vazifadir. Tovarlar va xizmatlarni sotish- bozor sharoitida ishlayotgan xar qanday korxona faoliyatining muhim pog‘onasidir. Bank faoliyati tadbirkorlik sohasining bir turi bo‘lganligi sababli u ham bundan mustasno emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |