O'ZBEKISTON RESPU BLI KASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«KELISHILGAN»
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi _
II 11 _ 2021 yil
«TASDIQLAYMAN»
universiteti
- :::i-B.Abdullayev
1...,...r-.....i ;;r..+;-lt!.1- - 2021 yi I
MUTAXASSISLI K FANLARI BO'YICHA MAGISTRATURAGA KIRISH
SINOVI DASTU RI
SA 130 I 0 I - Matemati ka (yo'nalishlar bo'yicha)
Urga nch - 2021 yil
Dastur 5A130101 - Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun 5130100 – Matematika taʼlim yo‘nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
B.A.Babajanov UrDU Amaliy matematika kafedrasi mudiri , f.-m.f.d., dotsent.
R.A. Sharipov UrDU Matematik tahlil kafedrasi mudiri , PhD, dotsent.
M.D. Vaisova UrDU Matematik tahlil kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n. dotsent;
M.M. Matyaqubov UrDU Amaliy matematika kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.;
TAQRIZCHILAR:
A. Reyimberganov UrDU Matematik Injiniring kafedrasi mudiri
A. Atamuratov Romanovskiy nomidagi matematika institut Xorazm bo‘limi
katta ilmiy xodimi, dotsent, f.-m.f.n.
Dastur Fizika-matematika fakultetining 2021 yil 2 iyuldagi № 11-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
KIRISH
Mazkur dastur 5A130101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun tuzilgan bo‘lib, bakalavriatning 5130100 - matematika tа’lim yo‘nаlishi o‘quv rеjаsigа аsоsаn tuzulgan.
Matematik analiz, Algebra va sonlar nazariyasi, Oddiy differensial tenglamalar, Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanlarining asosiy maqsadi talabalarning yuqori darajadagi umummatematik tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan va mutaxassislar tayyorlashning o‘quv jarayonida talabalarning yuqori darajadagi matematik tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi.
Ushbu fanlardan sinov o‘tkazish natijasida talabalarda abstrakt fikrlash madaniyatini qay darajada rivojlangani va egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari aniqlanadi. Mazkur fanlarni chuqur o‘rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko‘nikmalarini ilmiy-tadqiqot ishlarida, axborot texnologiyalari masalalarini hal qilishda, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi mumkin.
5130100 - Matematika ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A130101 - Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha), mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 1 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi” va 3 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Oddiy differensial tenglamalar” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |