Chetga chiqarish elementlari. Mashinasozlik chizmachiligidagi ayrim soddalashtirishlar. Buyumlarning ayrim qismlarining shaklan tuzilishlari kichik bo’lganligi uchun ularni o’qish va to’la ma’lumot olish birmuncha qiyin bo’ladi. Shuning uchun chizmachilikda chetga chiqarish elementlari deb ataluvchi qoida qo’ lanadi. Bunda chetga chiqarib chizilishi lozim bo’lgan element asosiy chizmada ingichka tutash yopiq chiziq bilan aylana va oval ko’rinishida chegaralanadi so’ngra undan tokcha chiziq chiqarib bosma yoki arab raqami bilan yonma-yon belgilanidi.
Qirqim va kesimlarning amalda qo’llanilishi. Buyumlarning chizmalarini tuzishda qirqim va kesimlarning qo’ lanishini bir necha misollarda ko’rib chiqamiz. 21-shaklda F, G va tekisliklar bilan kesilgan konus sirtining frontal proyeksiyasi berilgan. Uning gorizontal, frontal va profil proyeksiyalarini tekisliklar bilan kesishgan egri chiziqlari yasalishi kerak. Kesimlarning hosil bo’lishini aniq tasavvur qilish uchun unda yotuvchi nuqtalarning tegishli proyeksiyalarini aniqlash masalaning yechilishini osonlashtiradi. Masalan, F tekislik konus sirtini parabola egri chizig’i bo’yicha kesib o’tib, 1/1112/ va 4/4142/ nuqtalar bilan chegaralangan. Yordamchi oraliq nuqtalar kesuvchi tekisliklardan foydalanib aniqlanadi. Yordamchi T2 va K2 tekisliklar sirtni R1 va R2 radiusli aylana bo’yicha kesib, F tekislik bilan kesishib 2/2122/, 3/3132/ nuqtalarni hosil qiladi. Aniqlangan, 11, 21, 31... nuqtalarni o’zaro tutashtirib, izlanayotgan egri chiziqqa ega bo’linadi. G tekislik konus sirtini giperbola chizig’i bo’yicha kesadi va 6-8 nuqtalar bo’yicha chegaralanadi. Qo’shimcha (oraliq) 7/7172/ nuqtasi esa G2 tekislik yordamida topiladi.
tekislik sirtni aylana yoyi bo’yicha 4-6 nuqtalarda kesib o’tadi.
Aniqlangan nuqtalarning gorizontal va frontal proyeksiyalariga ko’ra, ularning profil 13, 23, 33... proyeksiyalari topiladi. Aniqlangan har bir tekislikka tegishli nuqtalar o’zaro tutashtirilib P1, P2 va P3 proyeksiyalar tekisliklaridagi egri chiziqlar hosil qilinadi.
Savollar:
Jismlarning texnik chizmalarini qanday tasvirlanadi?
Mahalliy ko’rinishlar va qirqimlarni izohlab bering.
Kesimlar haqida nimalarni bilasiz?
Chetga chiqarish elementlarini tushuntirib bering.
Mashinasozlik chizmachiligida qanday soddalashtirishlar bajariladi?
Qirqim va kesimlarning qo’ lanilishi haqida gapirib bering.
Adabiyotlar:
Yu.Qirg’izboyev va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.
U.Abdullayev. Chizma geometriya va chizmachilik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 1999.
J.Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. – Toshkent: O’qituvchi, 1991.
Mavzu: 11 Birikmalar
Reja:
Birikmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Boltli birikmalar.
Shpilkali birikmalar.
Vintli birikmalar.
Truba rezbali birikmalar.
Shponkali va shlisali birikmalar.
Payvand chokli, kavsharli va yelimli ajralmaydigan birikmalar.
Tayanch iboralar: Bolt – bir tomoni rezbali silindr sterjen, ikkinchi tomoni esa olti qirrali prizma sirt. Gayka – bolt va shpilkalarning rezbali qismlariga burab kiritiladigan sirt. Shayba – boltli va shpilkali birikmalarga gaykani mahkamlashda, detallar yuzalarining shikastlanmasligi va kuchlarning bir xil taqsimlanishiga ishlatiladigan sirt. Shpilka – ikki uchiga rezba o’yilgan sterjen. Tavrli payvand – detallarni T harfi shaklida payvandlash. Parchin mix – bir uchida qalpog’i bo’lgan silindrik sterjen. Biriktiruvchi list – yupqa metall tunuka. Kavsharlash biriktirish metallni qizdirib qotishma yordamida biriktirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |