Tashqi devorlar hajmiy blok bilan birga tayyorlanishi vaalohida tayyorlanib keyin blokka biriktirilishi mumkin. Hajmiybloklarda yirik panel uysozligida qo‘llaniladigan tashqi devorechimlarini, ya’ni engil betondan bir qatlamli, og‘ir betondantayyorlanganda ko‘p qatlamli devorkonstruksiyalarini qo‘llash mumkin(9- va 10-rasm). Hajmiy bloklarning ichki devorlarini og‘ir betondan tashqidevorini bir qatlamli qilib engil betondan bitta qolipda tayyorlashtavsiyaetilmaydi. Bunga sabab, ikki xil beton qurish jarayonida har xildeformatsiyalanadi va natijada ularning tutashgan joylarida yoriqlarvujudga kelishi mumkin.
Hajmiy-bloklarning ichki fazosini ochiq yoki yopiqligi bo‘yicha
klassifikatsiyasi: a - yopiq hajmiy bloklar; b - yopiq konturli ochiq hajmiy
bloklar; v - yopilmagan konturli ochiq hajmiy bloklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |