Avtomobillarni elektr jixozlari 8-ta gruppaga bo’lingan.
1-gruppa. Elektr ta’minot tizimi; Generator, kuchlanish rostlagichi, akkumlyator batareyasi .
2-gruppa. IYoDni ishga tushirish tizimi; akkumlyator batareyasi, startyor, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslama.
3-gruppa. O’t oldirish tizimi; Tok manbai akkumlyator batareyasi, generator, yondirish g’altagi, uzgich-taqsimlagich, tranzistorli komutator, shamlar (svechalar) .
4-gruppa. Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi; Ko’rsatkichlar, datchiklar, nazoratchilar.
5-gruppa. Yoritish va xabar berish tizimi; elektr energiyani yorug’lik energiyasiga aylantiradi (faralar, fonarlar, plafonlar, signal lampalari va boshqalar).
6- gruppa. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi; (oynatozalagichlar, isitkich elektr dvigatellari, konditsioner, oyna ko’rargich va hokozo)
7-gruppa. Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi; yonilg’ini elektron boshqarish, (uzatmalar kutisini avtomatik boshkarish, EBB, ishga tushirish isitgichlari va boshqalar) .
8-gruppa. O’tkazgich va kommutatsiya jixozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |