Xorijiy adabiyotlar:
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996
Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005
Axborot manbalari
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. Uz
tdpu-INTRANET. Ped
TARQATMA MATERIAL
“Blits–so’rov” usuli. Maqsadi: Talabalarda mantiqiy fikrlash, fan yuzasidan berilgan ma’lumotlar orasidan kerakligini ajrata olish qobiliyatini shakllantirish, o’zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o’z fikrini o’tkaza olish, boshqalar bilan xamfikr bo’la olish kabi ko’nikmalarni tarixiy jarayon ketma–ketligini aniqlash orqali shakllantirish.
O’tkazish texnologiyasi:
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:
O’qituvchi talabalarga ushbu mashg’ulot bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tuchuncha beradi. Har bir bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi va undan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ogohlantiradi. Tarqatma materiallar tarqatib, talabalarga uni sinchiklab o’rganish zarurligi aytadi.
Talabalar dastlab tarqatma materialdagi “YAkka baho” bo’limiga o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma–ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi. Unga 5 minut ajratiladi.
Talabalarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, o’qituvchi ulardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tuzishini so’raydi. Ular hamfikrlikda tarqatma materialdagi “Guruh bahosi” bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. Unga 5 minut ajratiladi.
Barcha kichik guruhlarda ishlar tugagach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi va talabalar “To’g’ri javob” bo’limiga raqamlarni yozib chiqadilar.
O’qituvchi “To’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlar bilan “YAkka baho” va “Guruh bahosi” bo’limidagi raqamlarni solishtrib, katta–kichikligini ayrib, farqini chiqarib, “YAkka xato” va “Guruh xatosi” bo’limlariga yozishlarini so’raydi.
O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tuchuncha beradi va ularni alohida sharhlaydi.
Talabalar tarqatma materialda berilgan ballar asosida o’z bahosini chiqaradilar va ular jurnalga qayd qilinadi.
Mashg’ulot yakunlangach, o’qituvchi mashg’ulotni o’tkazish jarayonida talablarning va guruhlarning faoliyati to’g’risida o’z fikrini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |