O’zbekiston republikasi


O`qituvchilar psixik holatini neyrolingvistik dasturlash orqali boshqarish



Download 5,39 Mb.
bet114/116
Sana18.01.2022
Hajmi5,39 Mb.
#384746
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
Xalq ta’limi vazirligi

O`qituvchilar psixik holatini neyrolingvistik dasturlash orqali boshqarish.

O`qituvchilarning ishi mavsumiy bo`lib (sentyabr — iyun), o`zgarmas, bir xillikdan iboratdir. Boshlanishida unumdorlik kuchli, lekin asta-sekin o`quv yilining oxirigacha pasayib boradi. Tadbirkor, o`z psixologiyasini bilgan kishi hordiq chiqarish, ishlash, sevimli ish bilan shug`ullanishni reja bilan olib boradi. Shunday ishlardan biri sevimli mashg`ulot (xobbi)dir. Lekin sevimli mashrulot turlari yoki ko`p vaqt talab etadi. Shunday mashg`ulot va mashqlar borki, charchoqni chiqarib, kuch to`plabgina qolmay, kam vaqt talab etadi.


1- mashq.

                    1. O`zingizni yaxshi his qiladigan 4—5 faoliyat turini yozing.

                    2. Har bir faoliyat turi bo`yicha quyidagi savollarga javob be- ring:

a) bu faoliyat bir kishi bilan bajariladimi yoki ko`p kishi bilan;

b) qayerda, qanday sharoitda bajariladi, nima yordam bera- di-yu, nima xalaqit beradi;

v) bu faoliyat tashqi yoki ichki diqqatni i talab etadi;

g) bu faoliyatda ko`rish, eshitish yoki kinestik (his etish,harakat, nafas, yurak urishi va h.k.)dan qaysi biri ko`proq qo`llaniladi;

d) bu faoliyat qancha vaqt, mablag` va xarajatlarni talab etadi;

e) his qilish organlaridan qaysi biri hordiq, oladi;

j) bu faoliyat bilan shug`ullanish uchun odamlar bilan qanday aloqadorlik zarur?


                    1. Savollarga javob berib qaysi faoliyat sizga ko`proq foydali ekanligini va qanday hordiq chiqarish va kuch to`planishini belgilab oling.

2-mashq

                    1. O`zingizga qulay bir xil vaqtni (bir necha kun uchun) belgi- lab, 5—10 minut ajrating.

                    2. Stol yoki stulni ochiq deraza yoki eshik oldiga ko`yib yaxshilab joylashib olib, chuqur-chuqur nafas olib, muskullaringizni bushashtiring.

                    3. 3. Tashqi ta’sirni sezmaslik uchun ko`zingizni yumib, hamma hid va ovozlarni his qiling.

                    4. 4. Fikr va xayolingizga nima kelsa, yaxshilab filtrlang va sezing.

                    5. 5. O`zingizga hisobot bering yoki kundaligingizga yozing.

                    6. 6. Shunday holatni bir necha kun bajaring.

                    7. 3-mashq

                    8. 1. Bu mashqni bajarish uchun ozingiz yoqtirgan biror kishini taklif eting.

                    9. 2. Do`stlaringiz iste`mol qiladigan, haroratli, hidli, ta`mli narsalar tayorlashni , lekin ko`rsatmaslikni iltimos qiling.

                    10. 3. Ko`zingizni yumib sanab ko`ring, lekin so`zlamay faqat tovush ohangi bilan ayting.

                    11. 4. Bu mashqni navbat bilan rollarni almashtirib bajaring.

                    12. 4-mashq.

                    13. 1. Ko`zingizni yumib “ko`r” bo`lib do`stingiz bilan aylanishga chiqing.

                    14. 2. “To`siq”larga duch keeling va ularni sezishga harakat qiling” (issiq, sovuq, hid va h.k)

5-mashq

1. Qulay holatda o`tirib, chuqur-chuqur nafas oling va atrofni yaxshilab kuzating.

2. Fikringizni bir joyga to`plab o`tirgan joyingizdan boshqa joyga o`tishga xayolan harakat qiling va mashq joyi atrofida nimalar borligini his qiling. 3. O`sha joyda (yangi joyda) o`zingizni qanday his qilishingizni tekshiring.

6-mashq


1.Uyingizning qaysi joyi sizga noqulay bo`lsa, o`sha joyni toping.

2. O`sha joyda turib u bilan kurashing va yengishga harakat qiling.

3. Bu mashqni bir necha bor takrorlang.

7-mashq


1. Sizni qiynayotgan fikrlarni angling, shulardan birini tanlang. 2. Bu fikr xayolingizga ko`proq keladigan vaqt va joyni aniqlang.

3. Sizni qiynayotgan fikrni, ko`proq uning yomon tomonlarini o`ylang.

4. Chuqur-chuqur nafas olib, kulgi bilan fikran miyangizga :”Qani boshladik, bugun biz yangicha ish qilamiz, o`ylaymanki sen menga yordam berasan”, - deb boshlang.

5. Mashq oxirida “Sen yaxshi ishlading rahmat”, -deb o`zingizga ayting.

6. Shu mashqni do`stingiz bilan ham bajarishingiz mumkin.

voblarining kdnday munosabati eng optimal x,isoblanadi. Bu siz uzingizga k,anday talablar kuyishingizga boglik;. 33 tadan ortikhcha savol «xa» deb javob bergan bulsangiz, bu sizning yaxshi rahbar- lik imkoniyatlaringizdan darak beradi.

«O`zingni angla»

Suv toshqini natijasida kimsasiz orolga quyidagilar qoldi:

qari olim; — yosh bola;

hamshira; — arxeolog-talaba.

Ko`p o`ylamasdan javob beringchi: Shulardan qaysi ikki kishini birinchi bo`lib, qutqarar edingiz? qayiqda faqat ikkita bo`sh o`rin bor.

Agar Siz...



    1. Qari olim va bolani tanlasangiz siz pishq,, oddiy hissiyot- li, hayotda mustaqil, o`z o`rningizni bilasiz. Ishda va hayotda o`ylab ish qilasiz, shuning uchun yaxshi yashaysiz.

    2. Bola va hamshirani tanlasangiz sizning xarakteringiz juda murakkab bo`lib, ayrim vaqt bo`shanglik qilasiz, lekin irodangiz kuchli bo`lib, odamlarga va o`zingizga o`ta talabchansiz. O`z imkoniyatingizdan yaxshi foydalana olmaysiz, qat’iyatlilik yetishmaydi.

    3. Agar bola va talabani tanlasangiz siz qat`iyatli odamsiz. O`zgalarga homiylik qilishni yaxshi ko`rasiz. O`z ishingizdan mamnunsiz. Do`stlik va davralarni yaxshi ko`rasiz. aldoqchilar- ni yomon ko`rasiz.

    4. Agar qari olim va hamshirani birinchi bo`lib qutqarsangiz, siz muloyim, artistlik qobiliyati bor odam bo`lib, himoyaga, maslalahatga. qarindosh-urug`lar mehriga muhtoj odamsiz.

    5. Qari olim va talabani tanlasangiz harakatchan, chaqqon xarakterli bo`lib, doim izlanuvchan, tashkilotchi bo`lganingiz uchun siz bilan yashash juda qiyin.

6. Talaba va hamshirani tanlagan bo`lsangiz sizda artistlik xususiyati bo`lib, talant sizda kuchli, lekin irodangiz bo`sh, injiq, yettinchi qavatda suzib yurasiz.

7.9. Ranglar tafsiloti

Odamlarning psixologiyasi bilan shug`ullanuvchi olimlarning fikricha odamlarning qaysi rangni sevishlariga qarab, ularning kim ekanligini, qanday xarakterga ega ekanligini aytib berish mumkin.


Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish