2
|
Genetika
|
|
bir-biridan keskin farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilish
|
3
|
O’zgaruvchanlik
|
|
barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fan
|
4
|
Gibridologik (duragaylash) usul
|
|
Organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi
|
2-guruhga
1
|
Pisum sativum
|
|
Ustunlik qilish
|
2
|
dominant
|
|
chekinish
|
3
|
ko‘p allellilik
|
|
No’xat o’simligi
|
4
|
retsessiv
|
|
Gen mutatsiyalari natijasida uchta yoki undan ortiq allellari paydo bo‘lish hodisasi
|
II topshiriq PISA testi.
1-guruhga
To’g’ri javob berilgan qatorni toping.
ATF ning tuzilishi B. ADF ning tuzilishi
2-guruhga____Ushbu_rasmda_qaysi_jarayon_berilgan__Oqsil_sintezi__Transduksiya'>2-guruhga'>S. sirka kislota D. Sut kislotaning tuzilishi
2-guruhga
To’g’ri javob berilgan qatorni toping.
A. i - RNK
B. t – RNK
S. r – RNK
D. to’g’ri javob yo’q
1-guruhga
Ushbu rasmda qaysi jarayon berilgan?
A.Translyatsiya
B. Transduksiya
S. Transkripsiya
D. A va B
2-guruhga
Ushbu rasmda qaysi jarayon berilgan?
Oqsil sintezi
Transduksiya
S. Translyatsiya
D. Transkripsiya
III “Kim topqir” o’yini. Birliklarning javobini toping
1-guruh
2-guruh
1-guruh
2-guruh
1-guruh
2-guruh
Guruhlar bergan javoblar umumlashtiriladi, rag’batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni: (yangi mavzu slaydlar orqali tushuntiriladi, o‘quvchilar kerakli ma’lumotlarni daftarlariga qayd qilib borishadi.)
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili
masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomozigotali
organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) organizmlar
chatishtirishdan F1da АаВb (100%) sariq silliq organizmlar olinadi. Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtirilganda F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb; yashil silliq aaB–; yashil burushgan – aabb.
Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan
1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.
Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari
belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni – belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta’rifl anadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgan
geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda joylashgandagina amalga oshadi.
Diduragay chatishtirishda allellarning F2 avlodida fenotip jihatdan
allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin:
sariq va silliq = 3/4x3/4 = 9/16;
yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16;
sariq va burushgan = 3/4x1/4 = 3/16;
yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16.
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv
belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni
chatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi. Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa F1 duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.Agar F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida
64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan, guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.
Shuni qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish
sinfl ari, ularning kombinatsiyalanish imkoniyatlari, fenotipik va genotipik
sinfl ar soni ham ko‘p bo‘ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin:
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
TOPSHIRIQLAR BILAN ISHLASH
I topshiriq. “Blits-so’rov” metodi. Qaysi guruh javob bersa rag’bat beriladi.
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun nechta alternativ belgili ?
Belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi deb nimaga aytiladi?
Poliduragaylar deb nimaga aytiladi?
G. Mendelning uchinchi qonunini ta’riflang.
Poliduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
1-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda,
tola rangi esa qo‘ng‘ir va oq bo‘ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo‘lishligi
cheklangan tipda bo‘lishligi ustidan to‘liq, tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishligi
esa oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.
1) Cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli,
oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning
hammasi cheklanmagan shoxli va novvotrang tola bergan. F1 o‘simliklari o‘z-o‘ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo‘ladi?
Fenotipik sinfl arning nisbatini aniqlang.
2) F1 da olingan o‘simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o‘simliklar bilan
chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipini
aniqlang.
Dars yakuni:
a) o‘quvchilarni baholash : o‘quvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
b) uyga vazifa:
Mavzuni o‘qib o‘zlashtirish
Mavzu asosida 5 ta ochiq va 5 ta yopiq test tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |