Tashkiliy himoyalash vositalari — bu talekommunikasiya uskunalarining yaratilishi va qo’llanishi jarayonida qabo’l qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy- xuquqiy tadbirlardir.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin.
Qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan xuquqiy
hujjatlar sanaladi. Ular bsvosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
AXni ta’minlash muammosiga ikkita yondashuv mavjuddir: «fragmentar» va kompleksli.
«Fragmentar» yondashuv mavjud shart-sharoitlarda aniq belgilangan tahdidlarga
qarshi aks ta’sir ko’rsatishga qaratilgan. Bunday yondashuvni amalga oshirishga misol sifatida kirishni boshqarishning ayrim vositalarini, ixtisoslashgan antivirusli dasturlarni keltirish mumkin.
Bunday yondashuvning afzal tomoni shundaki, bunda aniq tahdid bexato tanlab olinadi. Uning sezilarli kamchiligi esa axborotlarga ishlov berishning yagona himoyalangan muhiti yo’qligidadir.
Kompleks yondashuv AXda axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhi-tini
yaratishga qaratilgan bo’lib, bu muhit tahdidlarga qarshi aks ta’sirning turli xil chora- tadbirlarini yagona kompleksga birlashtiradi. Axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhitini tashkil etish AXni ma’lum darajada kafolatlash imkonini beradi, bu esa kompleks yondashuvning shubhasiz afzalli-gidan dalolatdir. Bu yondashuvning kamchiliklari quyidagilardan iborat: AX foydalanuvchilarining harakat erkinligi cheklanganligi, himoya vositala-rini o’rnatish va sozlashdagi xatoliklarga yuqori darajadagi sezgirlik, boshqarish-ning murakkabligi.
Xavfsizlik siyosati ma’muriy-tashkiliy choralar, jismoniy va dasturiy-texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi hamda himoya tizimi arxitektu-rasini belgilab beradi. Har bir muayyan tashkilot uchun xavfsizlik siyosati maxsus ishlab chiqilishi hamda undagi axborot ustida ishlashning aniq texno-logiyasi va qo’llanayotgan dasturiy, texnik vositalarga bog’liq bo’lishi kerak.
Xavfsizlik siyosati tizim obyektlariga murojaat qilish tartibini belgi-lab beruvchi kirishni boshqarish usuli bilan belgilanadi. Xavfsizlik siyosati-ning ikkita asosiy turi farqlanadi: saylanma va vakolatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |