Boshliq: Ya.Norboev Mug’lon shaharchasi
2022 yil «_____» ________
______ f son
“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 1 martdagi 3-son yig‘ilish bayoni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2021 yildagi faoliyati yakunlari va 2022 yildagi vazifalari, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 1 martdagi 3-son yig‘ilishi bayoni tasdiqlangan.
Mazkur yig‘ilish bayoni bilan:
a) Hukumat komissiyasining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ma’lumot uchun qabul qilingan va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha faoliyati yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tilgan;
b) quyidagilar:
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yildagi choa-tadbirlar rejasi;
Hukumat komissiyasining mazkur yig‘ilish bayoni ijroisni ta’minlash maqsadida Vazirlikning 2022 yildagi chora-tadbirlar rejasi;
Hukumat komissiyasining mazkur yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlikning 2022 yil 9 mardagi 35-f-son farmoyishi va Jamiyatning 2022 yil 15 martdagi 6-f-son farmoyishlari ishlab chiqilgan.
1. Bog‘lamaning barcha mas’ul xodimlari, Vazirlikning 2022 yil 9 martdagi 35-f-son farmoyishi va Jamiyatning 2022 yil 15 martdagi 6-f-son farmoyishi hamda Qashqadaryo filialining 2022 yil 16 martdagi 3-f-son farmoyishlarini ma’lumot va ijro uchun qabul qilsinlar.
Bog‘lamaning 2022 yil 5 fevraldagi 1/6-xfu-son buyrug‘iga asosan fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini joylarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgani favqulotda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash (tabellashtirish) me’yoriga muvofiq jihlozlash tashkil qilinsin.
2. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish bog‘lama EIBM H.Islomov zimmasiga yuklatilsin.