Mug’lon PAB boshlig’i: S.Jo’raev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi ishlab chiqishni tashlik etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022-yil 18-sentyabrdagi AF-53-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022-yil 21-sentyabrda Vazirlikning 158-F-sonli farmoyishi chiqarilgan.
Unda, quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ushbu Farmoyishini ma’lumot va ijro uchun qabul qilish,
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarilik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishning ustuvor yo’nalishlariga oid takliflarni ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibi va ushbu ishchi guruh tarkibida vazirning birinchi o’rinbosari O.A.Peros nomzodi;
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo’nalishlariga oid takliflarni ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibi va ushbu ishchi guruh tarkibiga J.T.Maxsudov nomzodi kiritilganligini ma’lumot uchun qabul qilish topshirilgan,
Vazirlik tizimidagi boshqarmalar, aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilgan.
Vazirlikning mazkur farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatning 2022 yil 1 oktyabrdagi 29-F-son farmoyishi ishlab chiqildi.
Unda:
- Strategik rejalashtirish va tariflar bo’limi (M.Avazbayev) joriy yilning 6-dekabriga qadar:
a) Jamiyatning tegishli department, bo’limlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AF-53-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan 8-ilovaga muvofiq shaklda 2022-yil davomida Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida sohada amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijrobiy natijalari bo’yicha ma’lumotlarni;
b) 2023-yilda amalga oshiriladigan davlat dasturi loyihasiga pochta sohasi yo’nalishidan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mazkur Farmoyishi bilan tasdiqlangan 10-ilovaga muvofiq shaklda:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni loyihasiga kiritiladigan takliflarni;
2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda amalga oshirishga iod davlat dasturi bo’yicha takliflarni Vazirlikka taqdim etish topshirilgan.
Vazirlikning mazkur farmoyishi hamda Jamiyatning 2022 yil 1 oktyabrdagi 29-F va Qashqadaryo filialining 2022 yil 10 oktyabrdagi 18 f sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida 1.Bog’lamaning ma’sul xodimlri va bo’lim boshliqlari Vazirlikning 2022 yil 21 sentyabrdagi 158-f-son farmoyishi hamda Jamiyatning 2022 yil 1 oktyabrdagi 29-f-son va Qashqadaryo filialining 2022 yil 10 oktyabrdagi 18 f sonli farmoyishlari ma’lumot va ijri uchun qabul qilsinlar.
2.Mazkur farmoyish bajarilishi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.