O’zbekiston pespublikasining sud tizimi


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 106-modda



Download 57,5 Kb.
bet4/4
Sana21.01.2022
Hajmi57,5 Kb.
#396685
1   2   3   4
Bog'liq
1.3guruh Telzis Muhammadrizo

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 106-modda.

Sud tizimi o’z vakolatlari, maqsadlari va vazifalariga muvofiq ish ko’radigan davlatning butun sudlov organlari.
Sud organlarining asosiy maqsadi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirishdir. Sud organlari faoliyatining muhimligi kishilar o’rtasida vujudga kelgan mojarolarni
zo’ravonliksiz, mamlakatda qabul qilingan qonunlar asosida hal etilishida mujassam.
Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.

O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.


UNICEF qonunga qarama-qarshi chiqayotgan yoki xatar guruhida bo‘lgan bolalarga yanada to‘liq himoyani ta’minlash maqsadida sud-huquq tizimini takomillashtirish yo‘lida hukumat bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Bu boradagi faoliyat bolalar uchun yarashtirish, zararni qoplash va mediatsiya kabi shakl va uslublardan foydalanishni nazarda tutadigan qayta tiklovchi odil sudlovni rivojlantirish va shu orqali bola rasmiy sud tizimi bilan aloqa qilishining oldini olishni o‘ziga kiritadi.

Shu bilan birga, UNICEF qonunga qarama-qarshi chiqayotgan yoki xatar guruhida bo‘lgan bolalarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan sud tizimini yaratishga xizmat qiladi. Ayni paytda, bolalar manfaatlarini yaxshiroq aks ettirish uchun, huquqdan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

UNICEF O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshidagi Tadqiqot markazi bilan hamkorlikda mamlakatning 14 viloyatlaridan jinoiy ishlar va fuqarolik sudlarining sudyalarini bolalar huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga va bolalarga nisbatan do‘stona sud taomillariga o‘qitishni tashkil qildi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiyalar zaif guruhga mansub bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy ishlarni olib borish elementlarini hamda bolalar uchun odil sudlov taomillarini o‘zlashtirib olishlari maqsadida ular joriy yili ushbu loyihaga jalb etilgan.

UNICEF bolalarni sud jarayoni boshlangunga qadar hibsga olish masalasiga alohida e’tibor qaratadi va bu chora eng keskin holatlarda qo‘llanilishi hamda sud jarayoni boshlangungacha hibsda saqlash muddati 6 oydan oshmasligi yuzasidan g‘amxo‘rlik qiladi;

UNICEF 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hibsda kattalardan alohida saqlanishiga rioya etilishi va ularni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga butunlay mos bo‘lishi uchun tegishli choralarni ko‘rmoqda;

UNICEF Toshkent davlat yuridik institutining dasturiga yuvenal adliya tamoyillariga asoslangan bola huquqlari to‘g‘risidagi o‘quv kursi joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi. Bu amal mazkur sohadagi xalqaro hujjatlar va standartlarni yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.


Istiqboldagi rejalar



  • jabrlangan yoki jinoyat sodir etilishining guvohi bo‘lgan bolalar uchun huquq va kafolatlarni belgilaydigan qonunchilik, standartlar va qarorlarni ishlab chiqish hamda bunday bolalarga yordam ko‘rsatish uchun tegishli xizmatlarni tashkil etish;

  • nomaqbul bolalar uchun har tomonlama xizmatlarni tashkil qilish va balalarga ushbu xizmatlarni taqdim etadigan birlamchi bo‘g‘in xodimlarining kasbiy mahorat darajasini oshirish;

  • oilaviy ishlar bo‘yicha sudlarni yaratish hamda vasiylik qilish yoki bola qilib olishning muqobil shakli bo‘yicha qarorni ma’muriy organlar emas, balki aynan sudlar qabul qilishini hisobga olib, sudyalarni ixtisoslashtirish maqsadida tegishli tuzilmalar xodimlarining xabardorlik darajasini oshirish;

  • huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari uchun bola huquqlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini tayyorlash hamda oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish kurslarida bola huquqlari va bolalarga nisbatan do‘stona sud jarayonini yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv kursini joriy etish uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yuritish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


9-SINF KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ DARSLIGI,

Lex.uz,


Unicef.org,

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSITUTSIYASI
Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish