duch keladi. Tilning еtarlicha shakllanmaganligi
bolalarning butun hayoti
davomida o’z ta’sirini ko’rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat,
diqqat va o’qitish hamda o’rganishga tayyorgarlikda qator qiyinchiliklarni boshdan
kechiradilar. Shuning uchun ham o’z shaxsini
erta anglash juda muhim
hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy tarbiyasida til o’rganish bilan bog’liq
muammolar yuzaga keladi va bunda bilish darajasi ko’pincha past bo’ladi.
Irlandiyada ingiliz tilini qo’shimcha til sifatida o’rganayotgan o’quvchilarda ham
til va nutq tahlilida еtishmovchiliklar mavjud bo’ladi deb hisoblanadi. Bunday
bolalarda tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili
qiyin bo’ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. Bir qancha
tahlil uslublari maktabgacha bo’lgan bolalarning muloqoti
va tilini baholashda
qulay bo’lishiga qaramay, bu metodlarning ko’pchiligi kelajakda til bilan bog’liq
muammoga duch keladiganlarni bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi
mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaraganda aniqroq deb
hisoblanadi va ular bolalarning turli rivojlanish yo’nalishlariga ko’ra oddiy
tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari tilda ishlatiladigan
murakkab uslublarni
qisman ta’minlaydi va shu sababli, ayniqsa maktabgacha bo’lgan bolalarda til
tahlili bo’yicha ko’proq izlanishni talab etadi
14
.
Mavzuga doir xulosa:
Bolalar lug’atini boyitishning asosiy manbasi bo’lib kattalar nutqi,
birinchi
navbatda, bolalarni o’qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular
tarbiyachidan obrazli so’zlarni, ifoda va qo’llash usullarini o’zlashtirib oladilar;
ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar, va eshitgan barcha
so’zlarga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo’lishi
lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda
nutq madaniyatining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish
uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini
hisobga olish muhimdir.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
14
Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language developme nt” USA 2014y
rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat ertaklar bilan tanishtirish avvalombor
ularni asosli ravishda tanlash, eng ahamiyatli so’zlarni
ularning mavzu jihatdan
xilma-xilligi, ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi bo’yicha o’rganishni ta’minlash ham
dolzarb masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: