Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning metodik masalalari.
O’rta guruhda bolalarning badiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi.
Ularga kitob o’qib beriladi, hikoy qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish, uni
to’g’ri idrok qilish o’rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib
olishiga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi,
badiiy so’z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa
she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o’rgatadi.
Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib
berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo’lgan voqealarni bir-biriga so’zlab
beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’qiydilar.
Agarda bola еtti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va
To’g’ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, sur’atlar asosida
kichik og’zaki insho to’qiy olsa bular uning nutqi еtarli darajada rivojlanayotganini
bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko’p ma’noli so’zlar, umumlashtiruvchi
nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so’zlarni o’zlashtirishiga
yordam bering. Bolada to’g’ri gapirishga intilishni qo’llab-quvvatlang. Bolaning
so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering.
- tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to’g’ri ifodalashiga erishing. Uning
ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o’rgating.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki,
maktabgacha katta yoshga еtib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o’rgana boshlaydi,
o’z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so’zlarni to’g’ri talaffuz
qilish va gap tuzishni, balki so’zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so’zlardan
tashkil topishini anglab olishni o’rganadi. Bularning barchasi maktabda
muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun
zarurdir.
Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to’g’ri rivojlanishi uchun
g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni
rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi namoyon bo’ldi.
Ko’rganlarini esda saqlash asosida hikoya tuzish bilan bir qatorda, o’ylab, tasavvur
etish, hikoya qilish ham nutq o’stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur
etish kichik va o’rta yoshdagi bolalarda o’yin, ko’rish, rasm chizish vositasida
paydo bo’lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy
xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o’zi yaratadi, ijod qiladi,
qahramonlarining harakatlarini o’ylab topadi.
Bu faoliyatda o’ylash, o’ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab
tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so’ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana
shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o’ylaydi, ijod qiladi. O’ylash, hikoya
mazmunini «to’qish»da bolalar voqea bo’lgan joy, vaqti, mazmuni,
qahramonlarning xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun
bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
To’rt yoshli bolalarni mashg’ulotlarda o’rgatish ayrim xususiyatlari bilan o’ziga
xosdir. To’rt yoshli bolalarning fizшologik va psixologik jihatdan rivojlanishida
ancha o’zgarishlar sodir bo’ladi. Biroq bu yoshdagi bolalarning diqqati
beqaror
,
irodasi kuchsiz bo’lib, tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o’zgarib
turadi, his-tuyg’ulari kuchli bo’lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez
pasayadi.
Maktabgacha o’rta
guruh yoshdagi bolalarda zarur bo’lgan nutq malakalarini
shakllantirish ko’p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini
tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakldagi so’zdan foydalanishda, surat
asosida tasviriy hikoya tuzishda, she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan
material bolalarda qiziqish uyg’otishi va diqqatini o’ziga tortishi kerak. Nutqni
o’stirish mashg’ulotlarida bolaning o’zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirishlari va
o’rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to’rt yoshli bolalarda biror mavzuda
hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini tinglash qobiliyati endigina
shakllanib borayotgan bo’ladi. Bu xususiyatlarni tarbiyachi har doim
mashg’ulotlarni rejalashtirishda, uni o’tkazishda hisobga olishi shart.
Bola tilining grammatik tizimini o’z vaqtida shakllantirish – uni to’laqonli nutqiy
va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o’zlashtirish bilan uzviy
bog’liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola
nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so’zlarni rodlar, sonlar,
kelishiklarga qarab o’zgartirish), so’z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir
so’z negizida boshqa so’zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo’shma gaplarni
tuzish) ustidagi ishlarni o’z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham
bolaning o’zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi
muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so’z hosil qilishni
shakllantirish o’zining alohida xususiyatlariga ega bo’lib, ularni rivojlantirish
uchun pedagog turli vositalarni qo’llashi darkor. Morfologiya va so’z hosil qilishni
o’zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o’yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun
esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o’z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o’z
navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo’ladi. Bola
hayotining beshinchi yilida pedagog rag’batlantirishga (gap so’z hosil qilish va
so’z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil
qilish, nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga (so’z o’zgartirishda);
еttinchi yilda – hosila so’zlar o’rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy
tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o’yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid
o’yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag’batlantirishning muhim
vositasidir. Pedagog bolalarga so’z birikmasini o’ylab ko’rish, so’ngra gapda
so’zlarni bir-biri bilan to’g’ri bog’lash qobiliyatini o’rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq
vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib
boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so’zlarning to’g’ri tartibini
qo’llashni o’rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish
zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to’g’ri
foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda
so’zlarni biriktirishning turli usullarini, so’zlar o’rtasidagi ayrim mazmunli va
grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan
rasmiylashtirishni o’rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik
birliklar bilan amallar bajarish ko’nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot
sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli
ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining
umumiy oqimida ro’y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari
umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng
avvalo dialog va monologni, so’zgacha bo’lgan mazmunli-semantik tizimdan
vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o’tish (undan keyinchalik dialog va monolog
rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan
muloqotning dialogik shakllarini o’zlashtirishni hisobga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |