O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/105
Sana22.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#505974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
BOLALARNI NUTQINI O‘STIRISH.Babayeva

Ijtimoiy pedagogika
– ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish 
shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni 
ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat 
yaratadi. 
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy 
tajribani o’zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil 
faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, 
uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida 
amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning 
rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi 
bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay 
moslashmaganligi hisobga olinadi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish 
darajasini ko’tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy 
vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o’rganishda 
maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
katta 
bolalarning 
nutqini 
rivojlantirish 
muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni 
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga 
quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan: 


-
tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik; 
-
o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish; 
-
muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish; 
-
suhbatdoshni tinglay bilish, so’rash (savollarni to’g’ri bera olish), javob 
berish, e’tiroz bildirish, zarur bo’lganda esa tushuntirish, izohlash. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishda nutq-dialogik va monologik 
nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo’ladi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o’rganadilar. Bu 
quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o’zaro muloqotda bo’lib, 
asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik 
nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida 
ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko’rsatish uchun yo’naltirilgan fikrlar 
(tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi. 
Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. 
Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik 
jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-
mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda 
bo’lsa-da, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid 
iboralarni to’g’ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga harakat 
qiladi. 
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit 
yaratadiki, uning o’zi bayon qilmoqchi bo’lgan so’z, ibora, gap ma’nosini tushunib 
еtmaslik bilan bog’liq bo’lgan «noqulaylik»ni his etadi. 
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo’lishi uchun 
maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog’i 
lozim.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish