Besh yoshga kelib bola bevosita vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo’yicha kattalar bilan muloqot qila oladi; nutq yordamida o’z tengdoshlari bilan syujet-rolli mustaqil o’yinda hamkorlikni yo’lga qo’yishga qodir; tilni o’rganishda faol va mustaqil, bu tovushlar, qofiyalar, so’z ijodkorligida, buyumlarning nomlari va ularning qanday maqsadlarda ishlatilishi haqidagi savollarda ko’rinadi; tovushlarni asosan to’g’ri talaffuz qiladi («R»ni «L» ga almashtirish holatlari, «S» harfli so’zlarni talaffuz qilishda ayrim noaniqliklar bo’lishi mumkin).
Xulosa:
Bolada o’ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o’zining butun vujudi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo’lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo’lishini ko’rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o’ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o’zini ko’rsatish va shaxs sifatida o’sish omili hisoblanadi, unda o’zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko’maklashadi.
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etishdan avval har bil bola haqida qandaydir yaxshi so’z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo’llari judayam sahiy!» «Odina-g’amxo’r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnatsevar» va shunga o’xshash bolalarga berilgan baholar ularda o’ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi. Bolalar o’zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o’z tehgdoshlariga nisbatan samimiy bo’lishga harakat qiladilar.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari nimalardan iborat?
Kichik yoshdagi bolalar nutgini o’stirishning metodik masalalari to’g’risida to’xtaling.
O’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishdagi asosiy vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga oshiriladi?
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday mashg’ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?
Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |