Xayvonot dunyosi
Respublika hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil. Uning daryolarida, koʻllarida, suv omborlarida baliqlarning 60 dan ortiq turi yashaydi. Choʻllarida, daryo qayirlarida, vohalarida va togʻlarida sudralib yuruvchilarning 57 turi, sut emizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410 dan ortiq turi tarqalgan. Oʻzbekiston hayvonot dunyosi juda boyligi va tarkibining turli-tumanligi, endemiklarning koʻpligi, choʻl hayvonlarining xilma-xilligi, har-xil landshaftlar hayvonlarining keskin farqlanishi, hayvonot dunyosining juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Choʻl hayvonlari. Ular xilma-xil boʻlib, qurgʻoqchilikka vajazirama issiqqa, qumli, gilli, toshli va shoʻrhok yerlarda yashashga moslashgan. Baʼzilari suvni nihoyatda oz talab etsa, baʼzilari butunlay suv ichmay, avji yoz issigʻidan qochib uyquga kiradi. Ayrim hayvonlar esa kunduzgi issiqdan qochib, inlaridan chiqmaydilar va faqat kechasi faol hayot kechiradilar. Qumda yashaydigan hayvonlar tez yugiradigan, koʻzlari oʻtkir, ranglari ham qumnikiga oʻxshash boʻladi. Choʻlda yumronqoziqlar, qum sichqonlari, qoʻshoyoqlar, yirtqichlardantulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk va boshqalar yashaydi. Ustyurtda qadimda qulon, oqquray va jayron nihoyatda koʻp boʻlgan, endi esa ularni ahyon-ahyonda uchratish mumkin. Ustyurtning chinklari atrofida yovvoyi qoʻy yashaydi. Qumli choʻllarda jayron, xongul, saksavul toʻrgʻayi, xoʻjasavdogar, saksovul chumchugʻi yashaydi.Adir hayvonot dunyosi choʻl hayvonlaridan kam farq qiladi, lekin choʻldagiga nisbatan turlari kambagʻalroq. Adir mintaqasida qoʻshoyoq, yumronqoziqlar, sugʻur, dala sichqonlari, yirtqichlardan tulki, boʻri, boʻrsiq koʻp uchraydi. Kaltakesaklarning xilma-xil turlari, ilonlar, xatto falanga, qoraqurt, chayon kabi hashoratlar ham yashaydi. Bahorda toshbaqa va yumronqoziqlar faol hayot kechiradi. Dehqonchilik qilinadigan joylar atrofida jayra, boʻrsiq, tipratikonlar uchraydi. Parrandalar adirda choʻlga nisbatan koʻproq, soʻfitoʻrgʻay, boʻzdak, koʻk qargʻa, kaklik kabi qushlar koʻp. Togʻ mintaqasi hayvonot dunyosi boy va juda xilma-xil. Bu yerda qoyalarda yashaydigan tipik hayvonlarni-turkiston agamasi, togʻ fotmachumchugʻi, kaklik, togʻ suvsari, sibir echkisi, burma shoxli echki va boshqalarni koʻrish mumkin. Qoyalarda koʻpgina yirtqich qushlarburgut, joʻrchi uya quradi. Archazor oʻrmonlarda archa boltatumshugʻi, sariq tirnoq chittak, qizilbosh chumchuq, kosulya yashaydi. Togʻ oʻrmonlarida jayra, boʻrsiq, olmaxon, kalamush, oʻrmon sichqonlari, ilonlar bor, qushlar juda koʻp, yirtqich hayvonlardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, oq suvsar, baʼzan silovsin ham uchraydi. Kemiruvchilardan Piskom, Ugam Ohangaron daryolarining yuqori qismida koʻk sugʻur, Chotqol Piskom va Hisor togʻlarida qizil sugʻur yashaydi. Subalp va alp (yaylov) mintaqasi iqlimi sovuq, relefi murakkab boʻlganidan hayvonlar koʻp emas. Bu yerlarda yirik hayvonlardan arxar, bugʻu (elik) va kiyiklar, kemiruvchilardan sugʻur qor qoploni, oq tirnoqli ayiq yashaydi. Bu mintaqaning oʻziga hos kemiruvchisi qizil sugʻurdir. 2000-4500 m balandlikda toʻda-toʻda boʻlib yashaydi va oʻz hayotining koʻp qismini uyquda oʻtkazadi. Alp mintaqasidagi doimiy qorlar va muzliklar chegarasida himolay ularni, alp zagʻchasini, ilvirs va boshqalarni uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |