163
8. Ergash gap.
9. Bosh gap.
ADABIYOTLAR
1.
Kovalyov A.A., Sharbatov G.Sh., Uchebnik arabskogo yaz’ka., 1998, 168 b.
2.
Holidov B.Z., Uchebnik arabskogo yaz’ka 1981 str, 347-348.
3.
Ibrohimov N., Yusupov, Arab
til grammatikasi, T-98, 384 b.
4.
Talabov E., Arab tili darsligi, T., 87, 254-256 b. Grande B. M., Kurs
arabskoy grammatiki v sravnitelno istoricheskom osveshenii, M, 1965, 288 b.
164
22.-22.1. ANIQLOVChI ERGASh GAP
REJA
1.
Nisbiy olmoshlar yordamida bosh gapga bog’lanishi
(
يذلا va تيلا )
2.
نم va ام nisbiy olmoshlari bilan bosh gapga bog’lanishi.
3.
Bosh gapdagi aniqlovchi ergash gap tomonidan aniqlanib kelayotgan
gap bo’lagi noaniq bo’lgan
holat
4.
Ergash gapdagi qaytaruvchi olmosh
Aniqlovchi ergash gap deb ergash gap shaklida rasmiylashtirilgan aniqlovchini
aytamiz. U bosh gapning ot yoki ot vazifasini bajarib kelayotgan birorta bo’lagini
aniqlab, izohlab beradi. Shuningdek, aniqlovchi ergash gaplar barcha aniqlovchilar
kabi, belgiga ham ishora qiladi. Odatda aniqlovchi ergash gap o’zi aniqlab kelayotgan
so’z aniqlanmishdan keyin qo’yiladi. Boshqacha qilib aytganda Aniqlovchi ergash
gap bosh gapdagi qaysi bo’lakning belgisini bildirsa, bevosita shu bo’lakdan keyin
keladi.
Aniqlovchi ergash gapning bosh gapga ergashuvi ikki turlidir: vositali va
vositasiz.
1.
Bosh gapning aniqlovchi ergash gap tomonidan aniqlanib kelayotgan
bo’lagi grammatik aniq holdagi otdan ifodalangan bo’lsa, ergash gap vositali
bo’ladi. Vosita vazifasini nisbiy olmoshlar bajaradi. Biroq nisbiy olmosh mustaqil
va o’zi boshlab kelayotgan ergash gapning hech bir bo’lagiga tobe munosabat
saqlamaydi. Demak, u ergash gapning tarkibiy qismi sifatida qabul qilinmaydi ham,
balki ergash gapning o’zi uning mazmunining mantiqan kengaytirib beradi. Ergash
gapning ergashtiruvchi ko’rsatkichlari
-va uning guruh soni va jinsda
aniqlanmish bilan moslashadi.
Nisbiy olmoshning ikkilikdagi shakli turlanganligi sababli, bu borada
moslashuv talab qilinadi.
ي يذلا بلاطلا ُتيأر
انتعماج في سرد
-
Universitetimizda oqiyotgan talabani ko’rdim
ةيلكلا ةبتكم في نادوجوم نيذلا ينباتكلا ِنيذه ُتأرق
Fakultet kutubhonasida mavjud bo’lgan bu ikki kitobni oqidim.
Umuman nisbiy olmoshlarning birlik ikkilik va ko’plikdagi ko’rinishlari
quyidagichadir:
Jins.
Birlik.
Ikkilik.
Ko’plik.
Muz.
يذلا
ِناذلا
نيذلا
Muan.
تيلا
ِناتلا
يئلالا ، تياوللا
165
Agar aniqlovchi ergash gapning egasi bevosita belgisi bildirayotgan bo’lak bo’lsa,
shunga mos bo’lgan nisbiy olmosh aniqlovchi ergash gapning grammatik egasi
hisoblanadi.
Masalan:
ادج اديج ِةيبرعلاب ملكتت تيلا ةبلاطلا تعسم -
Arab tilida juda yahshi gaplashadigan talabani eshitdim.
Bosh gapning aniqlanayotgan bo’lagi juda ko’p hollarda aniqlovchi ergash gapning
mantiqiy egasi sifatida talqin qilinadi. Biroq mazkur so’z ergash gapdagi ikkinchi
darajali bo’laklarning biri bo’lib kelishi ham mumkin. Bu holda, qaytuvchi olmosh
paydo bo’ladi. qaytuvchi olmoshlar bosh gap tarkibida bo’laturib, aniqlovchi ergash
gap bilan grammatik munosabatda bo’lgan bo’lakning ergash gapdagi «nushasi» yoki
«vakili» bo’ladi-unga ishora qiladi, u bilan son va jinsda moslashadi. qaytuvchi
olmosh gapda ergash gapning fe’l kesimi bilan yohud u boshqarayotgan ko’makchi
bilan birikib keladi.
Masalan:
مأ اهتيترشا تيلا ةللمجا أرقأ لم
س
-
Kecha sotib olgan jurnalimni oqimadim.
2.
Bosh gapning aniqlovchi ergash gap tomonidan aniqlab kelayotgan bo’lagi
grammatik noaniq holatda bo’lsa, ergashuv vositasiz bo’ladi. Vositasiz deganda,
ergash gapning bosh gapga ko’rsatkichsiz, belgisiz ergashuvi nazarda tutiladi.
Masalan:
ِةعاسلا في اترموليك ينسخم و ةئم اهتعرس غلبت ًةرايس انبكر -
Tezligi soatiga 150 km. bo’lgan mashinaga o’tirdim.
Nisbiy olmoshlardan «kimki» ham aniqlovchi ergash gapni ergashtirish vositasi
bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: