Mustaqillik sharofati bilan o`zbek xalqi: - ♦ dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni
- ♦ bu ko`hna olamda sho`ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini
- ♦ boshqacha yashash ham mumkin ekanligini;
- ♦ «kommunistik mafkura»dan bo`lak ezgu g`oyalar ham borligini
- ♦ inson qadru qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.
Ayni chog`da, yaqin o`tmishda, sovet hokimiyati yillarida o`zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog`i, O`zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan. - Ayni chog`da, yaqin o`tmishda, sovet hokimiyati yillarida o`zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog`i, O`zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan.
Ozodlikka intilishning kuchayishi - Ko`pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «XaIqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o`z taqdirini o`zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o`zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir». — degan edi Islom Karimov.
80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo`la boshladilar. o`zbek xalqining dilidagi g`oya — mustaqillik g`oyasi edi, xalq mana shu g`oyani ko`tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo`lgan Markazdan yuborilgan «kadrlar to'dasi», ularning qosh-qovog`iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g`oyaga, uni amalga oshirishga to`sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag`onlik uyushtirildi, to`qib cbiqarilgan «paxta ishi» bahonasi bilan o`n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildilar va ularning aksariyati qamaldilar. Tarix taqozosi bilan Islom Abdug`aniyevich Karimovdek fidoyi insonning 1989-yil iyunda O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi. - 80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo`la boshladilar. o`zbek xalqining dilidagi g`oya — mustaqillik g`oyasi edi, xalq mana shu g`oyani ko`tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo`lgan Markazdan yuborilgan «kadrlar to'dasi», ularning qosh-qovog`iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g`oyaga, uni amalga oshirishga to`sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag`onlik uyushtirildi, to`qib cbiqarilgan «paxta ishi» bahonasi bilan o`n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildilar va ularning aksariyati qamaldilar. Tarix taqozosi bilan Islom Abdug`aniyevich Karimovdek fidoyi insonning 1989-yil iyunda O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |