Bu fikrlarga qarama-qarshi o`laroq mustaqillik yo`lida O`zbekiston hech kimnikiga o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi. Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim. - Bu fikrlarga qarama-qarshi o`laroq mustaqillik yo`lida O`zbekiston hech kimnikiga o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi. Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |