Aprel oyi Toshkent va Berlin shaharlari birordar shahar deb e’lon qilindi.
Aprel oyi Toshkent va Berlin shaharlari birordar shahar deb e’lon qilindi.
4 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijodiy yoshlarning “Iste’dod” jamg`armasi to`g`risida”gi Farmoni.
6-7 may - Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-chaqiriq XII sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu sessiyada “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi pul tizimi to`g`risida”, “Sog`lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to`g`risida”, “Informatizatsiya to`g`risida” qonunlar qabul qilindi.
5 iyun - Toshkentda Markaziy Osiyo Akademiyasi tashkil qilindi.
18 iyun - Prezident SHveytsariyada bo`lib o`tgan Xalqaro iqtisodiy uyushmaning IV sessiyasida qatnashdi.
Iyun - Prezident I.Karimov o`zbek-amerika munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasi uchun Nyu-Jersi shtatining faxriy fuqarosi etib saylandi.
Toshkent radioelektron apparatlar zavodi “Semurg`” o`zbek-hind televizorlarining birinchi partiyasini ishlab chiqardi.
20 iyul - BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xolid Bashir Malik Prezidentga ishonch yorlig`ini topshirdi.
Avgust - Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan taekvondo xalqaro turnirida O`zbekiston terma komandasi maxsus “YUqori jangovar ruh” sovriniga sazovor bo`ldi. O`zbekiston Taekvondo Assotsiatsiyasi Jahon Taekvondo Federatsiyasiga (WTF) qabul qilindi.
Avgust - Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan taekvondo xalqaro turnirida O`zbekiston terma komandasi maxsus “YUqori jangovar ruh” sovriniga sazovor bo`ldi. O`zbekiston Taekvondo Assotsiatsiyasi Jahon Taekvondo Federatsiyasiga (WTF) qabul qilindi.
12 sentabr - “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Qonun.
28 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida qatnashdi va nutq so`zladi.
Sentabr - Toshkentda O`zbekistonda birinchi “Mustaqillik” xalqaro kutubxonasining ochilish marosimi bo`ldi. Kutubxona fondida 20 ming jild kitob va 10 ming nusxa ingliz tilidagi jurnallar bor.
- Toshkentda O`zbekiston tarixida birinchi marta Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
- O`zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
24 oktabr - O`zbekiston Respublikasida BMTning birinchi vakolatxonasi ochildi.