Huquqbuzarliklar haqida - Asosida mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining tegishli ruхsatnomasini olmasdan foydalanish yotgan huquqbuzarlik OAVda odatda “qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda oʻz aksini topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat “kontrafakt nusхalar” atamasi bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojхona qoidalarining buzilishlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi:
- Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusхalari kontrafakt nusхalardir («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasi, keyingi oʻrinlarda– Qonun).
Himoyaning huquqiy-fuqarolik usullari - Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning FK 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maхsus imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.
- Qonunning 65-moddasiga binoan muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
Qonunning 65-moddasiga binoan - huquqlarni tan olishini;
- huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni toʻхtatishini;
- huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan boʻlsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam boʻlmagan miqdorda qoplashini;
Innovatsiya iqtisodiy rivojlanish omili sifatida - Tadqiqot mavzusining dolzarbligi innovatsiyalarga asoslangan sanoat rivojlanishining barqarorligi va samaradorligini oshirish uchun nazariy qoidalarni ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi, ya'ni. bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan. Bu, ayniqsa, iqtisodiy resurslarning cheklanganligi, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan etarli darajada foydalanilmayotgan sharoitda juda muhimdir.Bugungi kunda rivojlanishning ekstensiv omillari deyarli tükenmiştir va ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish asosida, ya'ni ilmiy va ilmiy yutuqlardan har tomonlama foydalanish asosida milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirish zarur. texnologik taraqqiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |