O'zbekiston Milliy unversiteti Jurnalistika fakulteti 217-guruh talabasi Rahimov Adhamning Hozirgi o'zbek tili Sintaksisdan bajargan taqdimoti. Reja: Gap tarkibida ma’lum bo’lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo’laklardan to’xtam va ohang jihatdan ajralib turuvchi bo’laklarga ajratilgan bo’laklar, shunday bo’lakli gaplarga esa ajratilgan bo’lakli gaplar deyiladi. - Gap tarkibida ma’lum bo’lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo’laklardan to’xtam va ohang jihatdan ajralib turuvchi bo’laklarga ajratilgan bo’laklar, shunday bo’lakli gaplarga esa ajratilgan bo’lakli gaplar deyiladi.
- Ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Gapning asosiy qismi ifodalangan axborotga ajratilgan bo’laklardan anglashilgan qo’shimcha axborot qo’shiladi. Masalan: Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo’lish hazil gap emas.(O’.Usmonov) Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo’lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaning katta olimligi ajratilgan bo’lak orqali ifodalanadi.
Quyidagi gap bo’laklari ajratiladi:
Ajratilgan ega o’zakdan oldin kishilik olmoshkari, ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib kelgan egani izohlaydi: Biz,yoshlar,buni esdan chiqarmasligimiz kerak
Ajratilgan kesim o’zidan oldin kelgan kesimni izohlaydi: 1) fe’l kesim: Men uni ko’ndirishga harakat qildim, yalindim,yolvordim,hatto tiz cho’kdim. 2)ot-kesim: U shoir-inson ruhining bilimdoni.
Ajratilgan to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab keladi: Menga,ya’ni unversitet talabasiga,shunday ishonch bildirishyaptimi,demak,men bor kuchimni ishga solishim kerak.To’ldiruvchi tashqari,boshqa,o’rniga,bilan,birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi. Mendan tashqari,u ham bor.
Ajratilgan aniqlovchi o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: ajratilgan qaratqich aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich aniqlovchini izohlaydi. Bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi, ajratilgan sifatlovchi - aniqlovchi sifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi: Gullar terdim, chiroyli.
Ajratilgan hol gapda o’zidan oldingi holni izohlab keladi.Quydagi hol turlari ajratiladi: 1)o’rin: Uning qo’lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga boshladi. 2)Payt: Anjuman bugun, soat beshda boshlanadi. 3)Ravish (vaziyat): Qo’llar ishlar tez, mo’jizakor. 4) Maqsad: Shaharga borish uchun,ya’ni o’g’lini ko’rish uchun, ulov qidirdi. 5) Daraja miqdor: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi.
Bo’lak ma’nosini ta’kidlash
Umumiy ma’nosini tushuntirish
Ajratilgan gap bo’laklari vazifalari.
Ajratilgan bo’laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo’l bilan ajratiladi: - Ajratilgan bo’laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo’l bilan ajratiladi:
- a) tartibni o’zgartirish;
- b) bir nomni boshqacha nomlash
Gap bo’laklarini ajratish usullari;
Tartibni o’zgartirish: Bu o’zbek yigiti-tanti,mehribon
Bir nomni boshqacha nomlash: Bog’chadagi do’stimni- Qodirni ko’rib qoldim .
Ajratilgan izoh bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi; - Ajratilgan izoh bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi;
- 1. Izoh bo’laklarining o’z ichida vergul bo’lsa, ikki tomoniga tire qo’yiladi: Endi odamlar – otliq , piyoda, yosh-qari – uchray boshladi.
- 2. Ajratilgan bo’lak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo’yiladi: Mening o’z muhabbatim bor – toza va musaffo!
- 3. Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklarda avval tire qo’yiladi: Men – Fozilova Fotima, 7-sinfda o’qiyman.
- 4. Yozma nutqdagi : Otam – Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi, kabi gaplarda ham shunday.
Ajratilgan bo’laklar gapning boshqa bo’laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma bo’laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo’lagining so’rog’iga javob bo’lsa, ajratilgan bo’lak o’sha gap bo’lagining nomi bilan yuritiladi. Ajratilgan bo’laklar gapning boshqa bo’laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma bo’laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo’lagining so’rog’iga javob bo’lsa, ajratilgan bo’lak o’sha gap bo’lagining nomi bilan yuritiladi. - Ajratilgan hol: Pastlikka – Labzak tomonga tusha boshladik.
- Ajratilgan to’ldiruvchi: Bu iltimosingni tog’amga, Muxtor akamga ayta olmayman.
- Ajratilgan aniqlovchi: Axir,uning,yigitlik g’ururi, izzat – nafsi bor-ku( O.Y.)
- Ajratilgan izohlovchi: Ustozim – Xoliq aka Forishda tug’ilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar - Foydalanilgan adabiyotlar
- 1. A.G’ulomov, M. Asqarova “Hozirgi o’zbek tili”
- 2. M. Hamroyev “ Ona tili qo’llanma”
- 3. A. Nurmonov,N.Mahmudov
- 4. A.Sobirov, SH.Yusupova “Hozirgi o’zbek adabiy tili”
- 5. 8-sinf ona tili darslik
Do'stlaringiz bilan baham: |