O‘rta Osiyoning cho‘l va chala cho‘l minqalaridagi yillik o‘rtacha iqlim va tuproq ko‘rsatkichlari
Kichik mintaqa
|
Xarorat, ºC
|
Bug‘lanish, mm
|
Yog‘in-sochin, mm
|
Gumus,
%
|
Yalpi fosfor, %
|
Shimoliy
Markaziy
Janubiy
|
10-12
14-15
16-17
|
1400
1600
1800
|
90
125
150
|
0,5-0,8
0,8-1,0
0,8-1,0
|
0.10-0.12
0.10-0.12
0.10-0.12
|
Chala cho‘l mintaqasi
|
Och tusli bo‘z tuproqlar
Tipik bo‘z tuproqlar
To‘q tusli tuproqlar
|
13-14
12-13
11-12
|
1500
1300
1200
|
250
300
400
|
1.0-1.2
1.2-2.0
2.0-3.0
|
0.13-0.15
0.15-0.18
0.15-0.18
|
6.1. Tog‘li xudud tuproqlari
Baland tog‘li hududlar O‘zbekistonning janubiy-sharqiy qismidagi Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalaridan (2600-2800 m) iborat bo‘lib, asosan sur qo‘ng‘ir o‘tloqi dasht tuproqlar tarqalgan. Ular asosan serchirindili elyuvial-gidromorf sharoitda hosil bo‘lgan tuproqlar bo‘lib, gumus miqdori 7-10%, ayrim joylarda 13% gacha etadi. Shunga binoan oziqa moddalarga ham boy tuproqlar hisoblanadi (7-jadval). Bundan tashqari tog‘liqlarni janubiy va janubiy-g‘arbiy qismida kam chirindili elyuvial-kseromorf tizimga xos sur-qo‘ng‘ir, o‘tloqi-dasht tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlarda gumus miqdori chimli qatlamda 3-4% ni tashkil qiladi.
Bulardan tashqari tog‘li hududlarning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy qiyaliklarida baland tog‘li o‘tloqi (botqoq-o‘tloqi) tuproqlar tarqalgan. Ularda gumusning miqdori chimli qatlamlarida 12-13% ni tashkil qiladi, shunga binoan oziqa moddalarining miqdori ham yuqori, singdirish sig‘imi esa 100 gr tuproqda 26-28 mg/ekv ga to‘g‘ri keladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, baland tog‘liqlar qiyaliklarining quyi qismining daryo pillapoyalarining sernam sizot suvlari er yuzasiga juda yaqin bo‘lgan joylarda torfli-botqoq baland tog‘ tuproqlari tarqalgan, ular asosan engil qatlamli prolyuvial-delyuvial yotqiziqlardan iborat bo‘lib, torfli qatlamda gumusning miqdori 39-40% ga etadi, singdirish sig‘imi esa 43-48 mg/ekv ni tashkil qiladi. Bunday tuproqlar respublikamizda gumus va oziqa moddalariga eng boy tuproqlar hisoblanadi. Biroq bunday tuproqlar juda kam tarqalgan bo‘lib, noqulay rel’efli joylarda hosil bo‘lganligi uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydi.
O‘rta tog‘ tuproqlari esa respublikamizda 800-1200 m balandliklarda gumidli iqlim sharotida hosil bo‘lgan, ishqorsizlangan jigarrang, tipik jigarrang, karbonatli jigarrang, tog‘ o‘rmon-qo‘ng‘ir va boshqa tuproqlarni o‘z ichiga oladi. Bunday xilma-xil tuproqlar tarqalishining asosiy sabablari joyning geomorfologik sharoiti, iqlim o‘simliklar ta’sirida xilma-xil tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini o‘z boshidan kechirgan. Masalan, ishqorsizlangan jigarrang tuproqlarni hosil bo‘lishi o‘rta tog‘liklarni soyali qiyaliklarida baland bo‘yli va o‘tloqi o‘simliklarni ta’sirida hosil bo‘lgan. Ularning gumusli qatlami qalinroq bo‘lib yuqori qatlamlarda 3-11% gacha, pastki qatlamlarda (140-160sm) 1% gacha gumus uchraydi. S:N nisbati 7,5 dan 8,7 ayrim joylarda 9,4-11,3 gacha etadi. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur tuproqlar uglerodga ancha boy hisoblanadi.
Ishqorsizlangan tuproqlarning xarakterli belgilaridan biri serkarbonatligi va ularni tuproqlarning chuqur qatlamlarigacha uchrashidir, masalan 100 sm li qatlamda karbonatlar miqdori 9-13% gacha, hattoki 15% gacha etadi.
Karbonatli jigarrang tuproqlar esa asosan quyoshli qiyaliklarda elyuvial-kseromorf namli sharoitda hosil bo‘ladi. Gumus miqdori tuproqlarning yuvilganlik darajasiga qarab chimli qatlamda 1,7-3,5% dan toki 8,2% gacha etadi. Azot 0,20-0,70, S:N 6-8 va xakazo. SHuni ham ta’kidlash kerakki, mazkur tuproqlar tez yuvilishga uchrashi mumkin bo‘lgan va unumdorligi keskin yo‘qoladigan tuproqlar hisoblanadi (7-jadval). Mazkur tuproqlar to‘risidagi ma’lumotlarni R.Q.Qo‘ziev va V.E.Sektimenkolarning “Pochvы Uzbekistana” nomli kitobidan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |