Otashparastlar daxmasi
Zardoʻshtiylik oʻrta osiyo va Soʻgʻdda qadimdan mavjud boʻlganligi toʻgʻrisida yozma manbalar guvohlik beradi. Bu maʼlumotlar Yerqoʻrgʻonda daxmani qazish ishlari olib borilganda oʻz isbotini topdi.
Yerqoʻrgʻon dahmasi - Soʻgʻdiyona antik arxitekturasidagi oʻz mohiyati va maqsadiga koʻra noyob toʻrt burchakli monolit shakliga ega boʻlgan, -gʻarbiy va sharqiy old tomonida ikki marosim maydoni mavjud boʻlgan shaklni eslatadi. Yerqoʻrgʻon dahmasini boʻrtma asosi oʻziga xos boʻlib, na Hindistondagi parslarning "jimlik minoralari", na erondagi qoya sagʻanalari va ustunli yodgorlik inshootlariga oʻhshaydi. Biroq dahma arxitektonika va dekorining detallari etarli darajada qadimgi sharqiy va ellin arxitekturasida anʼanaviydir. Devorlarining bir maromda vertikal tarzda tekislab chiqilishi, asosiy zinaning konstruktsiyasi, dahma old tomoni devorining ustki qismini bezab turgan tishli merlonlar va bezakli toʻgʻri burchakli gʻishtchalar - bularning hammasi qadimgi sharq arxitekturasida, shuningdek, orol oldi sak qabilalarining qabr inshootlari va ellin shahri oyxonumdagi ibodatxona - yodgorlik arxitekturasida ham oʻz aksini topgan.
Dahmadan topilgan oz miqdordagi sopol material miloddan avvalgi II asrga oid. Dahma koʻp faoliyat koʻrsatmagan, u taxminan mil. Av. II asrda xom -gʻisht bilan yopib tashlangan. Ehtimol u shahar tashqi devori barpo qilingandan soʻng bu ahvolga kelib qolgan boʻlishi mumkin, chunki u dahma toʻgʻrisidagi ilohiy qonunlarga amal qilgan holda amalga oshirilgan. Ushbu qonunlarga koʻra, bu kabi marosimlarni shahar kvartallari orasida oʻtkazish mumkin boʻlmagan. yuqoridagi maydon vayron qilingan. Gʻarbiy tomonda olib borilgan tozalash ishlari jarayonida ustki tomonidan gʻisht va tuproq aralashmasidan yopilgan oq ohakli qoplamalarning qoldiqlari topildi. Shu bilan birga, odam mayda suyaklari, tishlar, qimmatbaho taqinchoq va noyob sopol boʻlaklari topildi. Dahmaning sharqiy old qismidan esa odam bosh chanogʻining baʼzi qismlari va erkak kishining naysimon suyaklari joylashgan siniq xumcha topildi. Ikkinchi bosh chanoq gʻarbiy yon bagʻirning etagidan topildi. Dahmaning ustki qismida Soʻgʻdning yunon-baqtriyaliklardan tortib olgan mil. Av. I asrda yashagan, kelib chiqishi saklardan boʻlgan naxshab xukmdorlari sulosasiga talluqli boʻlgan kishilarning jasadi saqlangan va dahma ularga tegishli boʻlgan.
Fanda maʼum boʻlgan Hindiston va eron parslarining dahmalari yangi davr va qisman oʻrta asrlar davriga mansub edi. Biroq 1940 yildayoq xorazmdagi chilpak tepaliklarida s.p. Tolstov tomonidan asosi aylana shaklida boʻlgan (er. III-IV asrlariga tegishli boʻlgan) dahma qoldiqlari topildi. Erqoʻrgondagi dahma shunga oʻxshash boʻlgan eng qadimgi inshoot xisoblanadi. Eronda topilgan, suyaklari tozalangan qabrlar axmoniylardan keyingi davrga oid boʻlib, ular erqoʻrondagi dahma bilan deyarli bir vaqtga tegishlidir. Xorazmning haykalsimon ossuariylari ham mil. Av. IV-III asrlarga toʻgʻri keladi. Dahmalar bu vaqtgacha jasadlar saqlanadigan inshoot vazifasini oʻtamaganligi ehtimoldan xoli emas, chunki maʼlum va mashhur zarushtiylik dafn marosimlari va u bilan bogʻliq rasm-rusumlar, koʻpchilik tadqiqotchilarning fikriga koʻra mil. Av. II-I asrda tuzilgan videvdatada keltirilgan.
Eramizning III-IV asrlarida nahshabda marvlik arshakiylar sulolasi vakillarining hokimiyat tepasiga kelishi va undan keyingi qabilalarning koʻchishi natijasida keskin etnomilliy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ushbu davrda marv va nahshab oʻrtasida madaniy aloqalarning mavjud boʻlganligi Yerqoʻrgʻon shahar ibodatxonasi va uning ustki qismida olib borilgan qazish ishlari natijasida oydinlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |