O‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/94
Sana08.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#925841
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Bog'liq
pdf

birinchidan
, ma’lumki, 
an’anaviy o‘qitish, yozma-og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rish hamda “axborotli 
o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi auditoriyada o‘zining yakka 
ta’siriga ega bo‘ladi. Bunda yoshlar o‘quv jarayoniga faol ishtirok etmaydi, 
ularning qiziqishlari va mustaqil fikr-mulohazalari to‘liq hisobga olinmaydi. Bu 
“yakka mafkuraviy aqidalarga tayanish” talabiga mos bo‘lganligi aniq. Lekin, 
mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi, demokratiya sharoitidagi talablariga javob 
bermaydi. 
Ayni paytda bu o‘qituvchining ta’lim-tarbiyadagi o‘rnini ikkinchi darajali 
bo‘lib qolishini anglatmaydi. 
Ikkinchidan
, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish 
uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning 
birmuncha murakkabligi yangicha yondashuvlarni taqazo etadi. 
Uchinchidan
, ta’lim-tarbiyada yangi texnologiyalarning uzluksiz joriy 
etilishi yoshlarning an’anaviy o‘qitish uslubini yangilanishi va tabiiy ravishda
yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llanishi yoshlarni o‘quv jarayonini faol 
ishtirokchisiga aylantiradi. 
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining regulyativ ta’siri amaliy nuqtai-
nazardan quyidagi holatlarni hisobga olishga: 
1.
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalaridan samarali foydalanishga 
undaydi; 
2.
Dunyo fani erishayotgan yutuqlardan amaliy faoliyatda foydalanishga 
safarbar qiladi; 
3.
Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqali uning salohiyatini oshirish 
yo‘llarini ko‘rsatib beradi; 


18 
4.
Axborotning yangi vositalaridan foydalanish, aholining keng qatlamlari 
orasida 
targ‘ibot olib borishda milliy g‘oyaning yangi zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
Milliy g‘oya targ‘iboti
 
texnologiyalaridagi yangilanishlar va uning zamon 
bilan hamnafas bo‘lishini, jamiyatdagi demokratik yangilanishlar, globallashuv va 
mafkuraviy kurashlar sohasidagi o‘zgarishlarni ham taqazo etadi. CHunki, 
dunyoda mafkura sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llab, ko‘proq uni “jozibali” 
bo‘lishiga erishish orqali yoshlarni o‘ziga jalb etishga, oxir-oqibatda ularning 
ongiga milliy g‘oya negizlaridan begona bo‘lgan qadriyatlarni olib kirishga urinish 
mavjud. 
SHunga asoslanib texnologiyani milliy g‘oyani targ‘ib etish mahorati, 
zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish mumkin. Milliy 
g‘oya targ‘ibotining zamonaviy mahorat darajasiga ko‘tarish va ko‘tarilganligi uni 
hozirgi zamon bilan hamnafasligining ifodasidir. Aks holda zamondan orqada 
qoladi. 
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi nuqtai nazardan
 
u jarayon sifatida uchta 
qoida bilan tavsiflanadi: 
1.
Jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash; 
2.
Kutilayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan 
harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish; 
3.
Quyilgan maqsadga mos natijaga erishish alohida ahamiyat kasb etishi 
bilan bog‘liq. 
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari hozirgi zamon bilan hamnafas tarzda 
quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim: 
1.
Milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha har bir joyning va sohalarning 
xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks zamonaviy dastur yaratish; 
2.
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining mazmun-mohiyatini ochib 
berish orqali uni yanada takomillashtirish; 
3.
Milliy g‘oya targ‘ibotida yangi pedagogik texnologiyalardan yanada 
unumli foydalanish; 


19 
4.
Ta’lim tizimida milliy g‘oya targ‘iboti faoliyatini takomillashtirish, uni 
rivojlantirish yo‘llarini belgilab berish; 
5.
Milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni 
ommalashtirish va fuqarolar ongiga bosqichma-bosqich singdirib borish; 
6.
Aholi keng qatlami orasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni muntazam olib borishdan iborat. 
Ilmiy adabiyotlarda “boshqaruv texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya”, 
“axborot texnologiyasi” keng tavsiflangan. Ular o‘zlari tegishli bo‘lgan sohalardagi 
maqsadlarga erishishning asosiy tamoyillarini o‘z ichiga oladi va faoliyat 
ko‘rsatadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini avvalo, ta’lim-tarbiya tizimida 
keng qo‘llash orqali ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, 
“Milliy g‘oyada mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarni ruyobga chiqarish 
avvalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a’zosi bo‘lmish har qaysi insonning 
ma’naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq 
ekanini unutmasligimiz zarur”
8
.
Milliy g‘oya targ‘iboti uzoq davom etadigan uzluksiz jarayon bo‘lib, uning 
samaradorligini oshirish, avvalo, targ‘ibot texnologiyalariga ham bog‘liq. Aynan 
shu turdagi texnologiyalardan foydalanish milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish, 
tushuntirish va mohiyatini ochib berish etakchi ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda targ‘ibot texnologiyalari yangiliklarini targ‘ib etish, ta’lim 
jarayonlarida mustaqillikni ta’minlab berishi bilan ham ajralib turadi.
Ta’lim-tarbiya sohalarida milliy g‘oya negizlariga, tamoyillariga tayanish 
muhim. Bunda milliy g‘oya targ‘ibotida an’anaviy yo‘l bilan birga zamonaviy 
yondashuv o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Zamonaviy usullardan foydalanish 
deganda, ko‘proq, yangi texnik vositalardan foydalanishni, materialni yangicha 
uslubda taqdimot shaklida etkazib berish, jonli muloqot, savol-javoblar, bahs-
munozara, interfaol usullarni ko‘proq qo‘llash tushuniladi. Bu bir tomonlama 
emas, ko‘p tomonlama faollikni oshiradi. Eshituvchini fikrlashga, fikrini 
uyg‘otishga, uning jamiyatdagi o‘rnini his etishga, ong va tafakkurining to‘g‘ri va 
8
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, . Б -76. 


20 
maqsadli o‘zgarib borishiga undaydi. Inson-murakkab mavjudot. U axborotlarni
jarayonlarni turli xil tarzda qabul qiladi. Bunda ongli, tahliliy qabul qilish va 
farqlash muhim ahamiyatga ega. 
SHaxs, jamiyat va davlat orasidagi munosabatlarning texnologik o‘zgarishi 
natijasida, munosabatlar texnologiyasi shaxsning mustaqil fikrlash, mustaqil qaror 
qabul qilish ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish kabi jarayonlarning barqaror borishi 
uchun: 
1) Inson hayotida turli vaziyatlarga tushib qolganida uning hayot mobaynida 
to‘plagan tajribasi, insoniy fazilatlari etakchi rol o‘ynaydi; 2) YOshlarda 
muammolar, voqea-hodisalarni real makon va vaqt chegaralarida aniq tasavvur 
qilish va echimlarini belgilay olishini rivojlantirish muhim; 3) Bir vaqtning o‘zida 
bir qancha muammolar mohiyatini anglash orqali tajribani yangi muammolar 
echimiga yo‘naltirish zarur; 4) O‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z faoliyatini aniq va 
to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday ishga shaxsan kirisha bilish va uning 
bajarilishini nazorat qilish kabi shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish milliy g‘oya 
maqsadlari bilan hamohang muhim ahamiyatga egadir. 
Milliy g‘oya – millatni birlashtiruvchi bamisoli bir bayroq. Jamiyatning har 
bir a’zosi uchun ahamiyati turli xil “g‘oyalar” kurashi avj olayotgan zamonda 
yanada ortadi.
Milliy g‘oya targ‘ibotining asosiy maqsadi ham insonlarni boshqa yot g‘oya 
va mafkuralar “ta’siriga” tushib qolmasligini, o‘ziga xos ravishda ular bilan 
kurashish quvvatiga ega bo‘lgan immunitetni shakllantirishga qaratilgan. “YOt 
g‘oya”, “zararli g‘oya” tushunchalarining ma’no-mazmunini farqlash lozim. Milliy 
g‘oya har qanday g‘oyani emas, faqat “yot g‘oya” yoki “zararli g‘oya”ni e’tirof 
etmaydi. CHunki, “yot” yoki “zararli g‘oya”ning maqsadlari ezgu emas, inson 
maqsadlariga zid, milliy g‘oyaning milliy madaniy va umuminsoniy tamoyillariga 
to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun ham u “yot” yoki “zararli g‘oya” sifatida 
baholanadi, munosabat bildiriladi. Aynan milliy g‘oyani hayotning mazmuni va 
maqsadi bilan bog‘lagan shaxsgina bugungi istiqlolning qadriga etadi va uni 
himoya qilishni ma’suliyati deb his qiladi. “Boshqacha qilib aytganda, hozirgi 


21 
vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo‘lsa-da, turli xil 
maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuraviy tortishuvlar to‘xtagani yo‘q. Ochiq 
aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko‘zlangan maqsad – inson, avvalambor, yoshlar 
qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki xalqning ongiga, uning sezgi-
tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni o‘z dunyoqarashiga bo‘ysundirish, ma’naviy 
jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday 
iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko‘ra dahshatlidir”
9
.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda milliy g‘oya 
targ‘iboti texnologiyalarining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalarini bilishning 
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati katta. Aynan milliy g‘oya targ‘iboti yo‘llari 
va usullari, uni amalga oshirish texnologiyalaridan unumli foydalanishdan maqsad 
ham uni jamiyat a’zolarining ongiga singdirish yo‘llarini to‘g‘ri ko‘rsatib 
berishdan iboratdir. Bu jarayon bevosita jamiyatimizning “g‘oyaviy ta’sirlar”, 
shuningdek, “mafkuraviy tahdidlar” ta’siridan himoya qilishda barchaning 
ma’sulligi darajasi bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. 

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish