Janubiy Turkmaniston mintaqasi bronza davri arxeologik yodgorliklari madaniyatida qadimgi sharq va hund vodiysi madaniyatlarining ta’sirini bevosita korishimiz mumkin. Aynan qadimgi sharq va hind vodiysini bog’laydigan savdo yo’li shu hududdan o’tganligi ham madaniyatlar ta’sirini kuchaytirgan. Kulolchilikda sopollarni yasash texnikasi va sopollarga ishlov berish usullari va uy-joy qurilishida hind va qadimgi sharq madaniyatlari ta’siri yaqqol namoyon bo’ladi. Bu hudud madaniyatlarining aholisi asaosan sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishgan. Dehqonlar asosan donli ekinlar yetishtirishgan va dehqonchilik bu hududda sun’iy sug’orma dehqonchilikka asoslangan. Yerlarga suv chiqqarishda su’niy kanallar ham qazishgan. Murg’ob vohasining mikrovohalari ham aynan sug’orish tizimiga qarab farqlangan.