4.Nomozgoh IV va Nomozgoh V bosqichlari. Namozgoh V davrining yirik poytaxti darajasiga ko’tarilgan yodgorliklari Namozgohtepa bo’lib, Janubiy Turkmanistonning Kopetdog’ etaklarida Lunsuy vohasida joylashgan. Maydoni 70 ga, madaniy qatlamining qalinligi joylarda 34 metrgacha boradi. Yodgorlikda 1949-1952 yillari B.A.Kaftin boshchiligidagi arxeologik ekspedisiya qazishmalar olib borib (https://hozir.org/sovun-tarixi.html), O’rta Osiyo eneolit va jez davriga oid arxeologik davriy sistemani ishlab chiqdi. 1950-yillarning o’rtalaridan boshlab yodgorlikni V.M.Masson boshchiligidagi Sankt-Petrburg arxeologlar guruhi o’rgandi 43-Namozgohtepa madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga (Namozgoh I-VI) bo’lingan. Ulardan Namozgoh I-III eneolit davriga, Namozgoh IV-VI esa jez davriga tegishlidir. Bu yodgorlik manbalari bazasida oddiy qishloqdan yirik poytaxt darajasigacha bo’lgan evolyusion taraqqiyotni kuzatish mumkin bo’ldi. Namozgoh tepadagi 34 metrli ma’dan qatlamning 4 metrga yaqin qatlami Namozgoh IV bosqichiga tegishlidir. Bu qatlamlar mil. avv. IV minginchi yillikdan II ming yillikning oxirlarigacha oiddir.44- qatlam tepalikda ko’p xonali binolarning qoldiqlari qazib ochilgan bo’lib, eneolit, ya’ni Namozgoh I, II, III bosqichlariga qaraganda Namozgoh IV bosqichida binokorlikning muayyan tarzda takomillashuv dinamikasini kuzatish mumkin bo’ldi. Uylarning devorlari xom g’ishtdan terilgan bo’lib, har bir inshoot yonida esa kichik hovli borligi ma’lum bo’ldi. Xonalarning ko’pi bu davrda to’g’ri burchak shaklida qurilgan. Ular ichida supalar, o’choqlar joylashgan, devorlarida narsalar qo’yish maqsadida tokchalar o’rnatilgan. 43-Namozgohtepa madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga (Namozgoh I-VI) bo’lingan. Ulardan Namozgoh I-III eneolit davriga, Namozgoh IV-VI esa jez davriga tegishlidir. Bu yodgorlik manbalari bazasida oddiy qishloqdan yirik poytaxt darajasigacha bo’lgan evolyusion taraqqiyotni kuzatish mumkin bo’ldi. Namozgoh tepadagi 34 metrli ma’dan qatlamning 4 metrga yaqin qatlami Namozgoh IV bosqichiga tegishlidir. Bu qatlamlar mil. avv. IV minginchi yillikdan II ming yillikning oxirlarigacha oiddir.44- qatlam tepalikda ko’p xonali binolarning qoldiqlari qazib ochilgan bo’lib, eneolit, ya’ni Namozgoh I, II, III bosqichlariga qaraganda Namozgoh IV bosqichida binokorlikning muayyan tarzda takomillashuv dinamikasini kuzatish mumkin bo’ldi. Uylarning devorlari xom g’ishtdan terilgan bo’lib, har bir inshoot yonida esa kichik hovli borligi ma’lum bo’ldi. Xonalarning ko’pi bu davrda to’g’ri burchak shaklida qurilgan. Ular ichida supalar, o’choqlar joylashgan, devorlarida narsalar qo’yish maqsadida tokchalar o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |