V bob. DINIY TAShKILOTLARDAGI VA ULARNING KORXONALARIDAGI MEHNAT FAOLIYATI
24-modda. Diniy tashkilotlarda mehnatga oid huquqiy munosabatlar
Diniy tashkilot fuqarolarni ishga qabul qilishga haqlidir.
Mehnat shartlari diniy tashkilot bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi va yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.
Diniy tashkilot mehnat shartnomasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir.
Ruhoniylarga haq to‘lash shartlarini belgilaydigan hujjatlar ham xuddi shunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Diniy tashkilotda mehnat shartnomasiga muvofiq ishlayotgan fuqarolar kasaba uyushmasining a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |