O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO‘NALISHI 2-BOSQICH 2-GURUX TALABASI
HAYTALIYEVA SHAHNOZANING
“O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUASSASALARI TARIXI” FANIDAN
“O`RTA OSIYO XALQLARINING DEHQONCHLIK MADANIYATI TARIXI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: Haytaliyeva Sh.
Qabul qildi: Duschanov R.R.
T oshkent – 2022
O`rta Osiyo xalqlarining dehqonchlik madaniyati tarixi
MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
I bob. 1. O`rta Osiyo xalqlarining dehqonchlik madaniyati tarixi.....................................3
2. «Avesto» tarixida dehqonchilikni rivojlantirish.....................................................13
II bob. 1. Dehqonchilikni tarixi madaniyatini va hozirgi davri.........................................22
Xulosa.........................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................................
Kirish
DEHQONCHILIK – 1) o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o’simliklar (qishloq xo’jalik ekinlari) ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, ko’pgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, to’qimachilik, farmatsevtika va boshqalar) ni xom ashyo bilan ta’minlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bog’liq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik, gulchilik, yaylov-o’tloqchilik kabi tarmoklarga bo’linadi. Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xo’jalik belgilariga ega bo’lgan navlar (duragaylar) ni tanlash, almashlab ekishda eng yaxshi o’tmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va o’g’itlarni qo’llash; urug’likni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urug’lik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona o’tlarni yo’qotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qo’llash); hosilni yig’ib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yig’ib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani o’simlik qoldiklaridan tozalash, hosil yig’ib olingandan keyin erni haydash); yig’ib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqalar. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xo’jalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan o’simlik xususiyatlariga, shuningdek, xo’jalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |