O’zbekiston Milliy Universiteti Taekvando va Sport faoliyati fakulteti 18-203-guruh talabasi Nosirov Nodirning Umumiy va sport pedagogikasi fanidan yozgan
Mustaqil ishi
Mavzu:Yosh sportchilarni tayyorlash asoslari
Reja:
Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomi xaqida tushunchalar.
Ixtisoslashgan va majmuiy kompleks sport maktablari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari.
Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari.
Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish.
Sport markazlari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish, ularning o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Murabbiylar va sport tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi
Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’kotmadi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari, kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi, ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |