O’zbekiston milliy universiteti qo’lyozma huquqida udk


§1.2. Hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash asoslari



Download 6,02 Mb.
bet17/56
Sana04.02.2022
Hajmi6,02 Mb.
#428657
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
Dissertatsiya SH.M

§1.2. Hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash asoslari


Mamlakatimiz barcha jabhalarida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindiki, bu hujjatlar ochiq axborot tizimlarida Hukumat faoliyati ochiqligi shaffofligini ta'minlash va bunda zamonaviy AKTni qo‘llashga katta turtki bo‘ldi.
Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi[14], “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi[15], “Aloqa to‘g‘risida”gi[16], “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi[17], “Telekommunikasiyalar to‘g‘risida”gi[18], “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi[19], “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi[20] O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari shular jumlasidandir.
Mazkur qonunlarni hayotga joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2014 yildagi “Tadbirorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-son Qarori, “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonilari davlat boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari va modellarini belgilab berdi. Shuningdek, 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarorida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning data.gov.uz portalida o‘z vaqtida taqdim ettilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi:
1. “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-377,31.12.2014 y.;
2. “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-328, 02.12.2014 y.;
3. “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-102, 23.04.2014 y.;
4. “O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-355, 31.12.2013 y.;
5. “Tadbirkorlik subyektlarini internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-312, 25.11.2013 y.;
6. “Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda AKTni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-154, 04.06.2013 y.;
7. “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-378, 30.12.2012 y.;
8. ”Sudlar faoliyatiga zamonaviy AKTni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-346, 10.12.2012 y.;
9. “Joylarda kompyuterlashtirish va AKTni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-24, 01.02.2012 y.;
10. 2015 yil 17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma'lumotlar bazalarini shakllantirish va “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-365 son qarorlarini qabul qilish orqali davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashni aniq mexanizmlari joriy etildi.
Jumladan, mazkur me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989 son qarori bilan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi tashkil etildi. Mazkur qaror asosida davlat boshqaruvi organlari bilan aholini bog‘lovchi axborot-kommunikasiya infratuzilmasini yaratish bo‘yicha “O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati tartibotlari ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun xizmat qiladigan 6 ta ma'lumotlar bazalari va 12 ta axborot tizimlari komplekslarini yaratish vazifasi belgilab berildi.
Jumladan, “Jismoniy shaxslar ma'lumotlar bazasi”, “Yuridik shaxslar ma'lumotlar bazasi”, “Milliy geoaxborot tizimi”, “Ko‘chmas mulk ma'lumotlar bazasi”, “Spravochniklar va klassifikatorlar ma'lumotlari bazasi”, “Avtomototransport vositalari ma'lumotlar bazasi”, shuningdek, “Davlat boshqaruvi”, “Sog‘liqni saqlash”, “Ta'lim”, “Nafaqa”, “Kommunal”, “Adliya-2”, “Byudjet2, “Xarid”, “Soliq”, “Bojxona” va “Lisenziya” deb nomlangan axborot tizimlari komlekslari tegishli sohalardagi katta hajmdagi ma'lumotlarni unifikasiya qilishi, aholi tomonidan foydalanish uchun qulay va onlayn shaklda taqdim etilishi, eng asosiysi mazkur ma'lumotlar bazalari va axborot tizimlari orqali aholi va tadbirkorlarning davlat xizmatlari tartiblarini bilish va ulardan foydalanish uchun ariza yo‘llash imkoniyati yaratilishi belgilab berilgan.
Yuqorida qayd etilgan respublika va hukumat darajasidagi hujjatlardan tashqari, davlat va ho‘jalik boshqaruv organlari ichki va tashqi faoliyatini raqamlashtirish va avtomatlashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarni ta'minlab berish maqsadida vazirlik-idoralarning ichki me'yoriy-huquqiy hujjatlari ham ishlab chiqilgan. Shuni ta'kidlash joizki, har bir davlatda fuqarolarga 3 mingdan 5 minggacha turdagi davlat va tarmoq xizmatlari ko‘rsatiladi. Mazkur davlat xizmatlari yaratib beradigan imkoniyatlar, ulardan foydalanish tartiblari haqidagi ma'lumotlarni sodda, lo‘nda va ortiqcha so‘zlarsiz fuqarolarga yetkazib berish, ya'ni barcha turdagi davlat xizmatlari haqidagi ma'lumotlar ochiqligini va shaffofligini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari shakl va blanklari yagona reestri” yaratildi.
Mazkur axborot tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 13 maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan rasmiy maqom berildi. Davlat va ho‘jalik boshqaruv organlari zimmasiga ular tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish, ularning reglamentlari va sxemalarini optimallashtirish va davlat xizmatlari, shakl va blanklari yagona reestriga joylashtirish vazifasi qo‘yildi.
“Lisenziya” axborot tizimlari kompleksi. Davlat boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning eng yirik yo‘nalishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liqdir. Fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun talab etiladigan lisenziya va ruxsatnomalar berish tartib taomillarining ochiqligi va shaffofliga hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarga mutanosib keladi. Mazkur sohada, ya'ni lisenziya va ruxsatnomalar berish tartibotlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, ularni “elektron hukumat” tizimi mexanizmlari orqali amalga oshirilishini joriy etish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘RQ №71-II son Qonuni va mazkur qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2002 yili 28 iyun' kuni qabul qilingan O‘zbekiston Resupblikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-236-son qarorida 56 ta lisenziyalanadigan faoliyat turlari qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida” O‘RQ №341 son Qonuni va mazkur qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2013 yili 15 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Resupblikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida” gi “O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-225-son qarorida 220 ta ruxsat beruvchi hujjatlar talab etiladigan faoliyat turlari qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi tomonidan 2017 yili “Lisenziya” axborot tizimlari majmuasi ishlab chiqildi. Mazkur axborot tizimi majmuasi lisenziya va ruxsatnomalar berish tartib taomillari haqidagi ma'lumotlardan foydallanuvchi fuqarolar uchun axborot ochiqligi va shaffofligini ta'minlash mexanizmi sifatida aholi tomonidan e'tirof etildi. Endi, ruxsatnomalar olish tartibotlari haqidagi har qanday ma'lumot kunning ixtiyoriy vaqtida license.uz havolasi orqali olish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ruxsatnomalar olish jarayonlari avtomatlashtirildi. Natijada, tadbirkorlik subyektlari lisenziya va ruxsatnomalar olish uchun murojaatlarni mazkur axborot tizim orqali yo‘llash mumkin. Lisenziyalash jarayonlarini “elektron hukumat” tizimi mexanizmlari orqali ochiqlik va shaffofligini ta'minlashdagi ahamiyati shundan iboratki, mazkur tartibotlardagi ma'muriy jarayonlar uchun talab etiladigan hujjatlar, vaqt, to‘lov, davlat tashkilotlariga qatnash proseduralari keskin qisqartirish imkoniyatini beradi.
Ammo, bir qator lisenziya va ruxsatnomalar berishga vakolatli bo‘lgan vazirlik idoralardagi ma'lumotlar bazalari yaratilmaganligi, lisenziya va ruxsatnomalarga oid ma'lumotlarning raqamlashtirilmaganligi, reestrlarning elektron shaklda yuritilmasligi vazirlik-idoralarni “elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Lisenziya va ruxsatnomalar beruvchi vazirlik idoralar ma'lumotlar bazalarining inegratsiya qilinmasligi foydalanuvchilarning “Lisenziya” axborot tizimidan foydalana olmasligiga olib keladi. Natijada, “Elektron hukumat” tizimi tomonidan yaratilgan imkoniyatlarga qaramay davlat boshqaruvi, jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib taomillariga oid ma'lumotlar ochiqligi va shaffofligini ta'minlash va bu sohadagi ma'muriy jarayonlarni avtomatlashtirishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish