O`zbekiston Milliy Universiteti Mavzu: O`zbek xalq ertaklari


Hayvonlar haqidagi ertaklar



Download 62,5 Kb.
bet3/6
Sana21.01.2022
Hajmi62,5 Kb.
#395221
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
82 Xalq ertaklar

Hayvonlar haqidagi ertaklar

2.

Sehrli ertaklar

3.

Maishiy ertaklar

Bulardan tashqari ertaklarning bir hil turlari bor bo`lib, ular asosan hajm, mavzu, maqsad jihatidan bolalar folklariga oid ertaklarni tashkil etadi. Afsona, rivoyatlar matnini ijro etishda alohida tayyorgarlik talab qilinmasligini alohida eytib o`tganmiz. Ertaklarni ijro etishda ham maxsus estidodga ega bo`lish u qadar shart emas, ammo halqimizda ertak aytish an`anasi alohida ertaklarning ijrolari jozibasi qiziqishningni kuchaytirishi bilan ajralib turishhini tasdiqlaydi. Qo`qondan Zavonbibi Sarimsoqova, Toshkentdan Sharif Musayev, Xorazmdan Mahfura Sobirova, Andijondan Murodilla Ziyodov, Namangandan Abdullaxo`ja kabi yuzlab mashhur ertaklarning nomlari ular yashagan xudud atrofida mashhur bo`lgan. Ertakchilar o`z ijrolarini alohida vaziyatlarda amalga oshirganlar. Natijada, ertak aytish an`anasi shakllangan. Ular ertak aytishdan oldin oldilariga tuz, isiriq, taroq, supurgi, suv non kabi narsalarni qo`yib chiqqanlar. Ijro davomida esa ulardan ko`rgazmali ashyo sifatida foydalanganlar va ertak ta`sir kuchini oshirishga urunganlar. Ertaklarning kasb-korlari ham ertak mazmuniga aloqador bo`lgan. Masalan: chevar ertakchi aytgan asarlarda chevar; mulla ertakchilar aytgan namunalarda ilmga aloqador qahramonlar ishtrok etgan. Bu bilan ijrochilar o`z kasblarini ham yo`l-yo`lakay targ`ib qilish maqsadini nazarda tutgan bo`lishlari mumkin.
Hayvonlar haqida ertaklar
Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida malumotlar bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimoz tuya, ot, ayiq, bo`ri, ilon, qaldirg`och kabi hayvon va qushlarni o`zlariga homiy deb bilgnlar. Bu hayvon va qushlar avval miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida ishtrok etganlar. Ertaklar yaratila boshlaganda esa mazkur an`ana bu janrga ham meros bo`lib o`tgan. Shuning uchun hayvonlar haqidagi ertaklarni yaratilish davrini ularda obraz sifatida ishtrok etayotgan hayvon va qushlar nomgiga voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash mumkin. Masalan: “Quyosh yerning pahlavoni” ertagida ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida o`rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo`lidan kelganicha yahshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O`zbek xalq ertklari haqida mahsus o`rganish ishlarni olib borgan Mansur Afzalov “Ilon o`ga” ertakini alohida ajratib ko`rsatadi. “Ilon kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz ilonning niqobini kiydirib yuborsa, u kaptar bo`lib uchib ketadi. Ilon og`aning onasi va holasi yalmog`iz kampir bo`ladi.

Ular ilon og`a bilan qiga ko`p to`sqinlik qiladilar. Lekin ilon og`a va qiz o`z tartiblari orqali yalmog`iz kampirni yengib, murod-maqsadlariga yetadilar”. Bu misollarda ayiq va ilonnig yovoiy hayvon sifatida belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta`siridagi insonga homiylik qilish hususiyati yetakchilik qiladi. Ma`lum bo`ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e`zozlanuvchi jonivorlar ishtrok etgan ertaklar bu janrga mansub qadimiy asarlar sifatida baholanish mumkin ekan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turini ulardagi belgilarni izohlashga atalgan asarlar tashkil etadi. Bunday ertaklarning yaratilishi go`yo qarg`aning nima uchun qora ekanini bilamiz. Boshqa xalqlar og`zaki ijodida ertaklarida ham turli hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko`rinishi, ularning hususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani ma`lum. Jumladan, yokut, tuva, qirg`iz ertaklarida bunday holat alohida ko`zga tashlanadi. Tahmin qilamiz mumkunki, dono xalqimiz bu ertaklarni yoki bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan “nima uchun ?” savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarining yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo`rinig vaxhiyligi, tulkining ayyorligi, otning insonga do`st ekani alohida bo`rtirib ko`rsatadi. Ertaklardagi bunday hususiyat ko`proq marifiy ahamiyatga ega bo`ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yavoiy hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot bog`larida ko`rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tassavurini kengaytiradi, aniqroq ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. “Ikki boyqush”, “Ilonnig ishi zaxar solmoq” , “Qarg`a bilan ko`zi’ kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunday ertaklarda ishtrok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo`lsa ham asar mazmuni bevosita insonlar o`rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do`stlining inson hayotida ahamiyati, yahshilika hayotda hamisha ham yahshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkunligini aks ettiradi. “Susambil”, “Tulki bilan bo`ri”, “Hiylagar bedana”, ertaklari shular jumlasidandir. Masalan, birinchi marta tulki go`sht tishlab ketayotgan bo`riga qaradi: “bo`rivoy qayerdan keliyapsan” deganda, bo`ri: “Popdan” deb og`zidagi go`shtni tushurib yubordi. Aynan shu voqea ikkinchi marta takrorlaganda bo`ri: “G`ichduvondan” deb go`shtni og`zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo`qrilgan bunday ertaklarning zaminida isonlarning bir-biriga bo`lgan munosabatlari o`z ifodasini topgan.

Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tamonidan to`qimalr asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so`zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Hayvonlar ko`proq ma`rifiy maqsadni naarda tutgan holda ijod qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar olami bilan tanishturuvchi ma`rifiy tarbiyaviy asarlardir.

Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish