Prezident Islom Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Hududlarda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog`liq hujjatlarni ishlab chiqish tizimini tezlashtirish kerak. Qishloq joylarning tabiiy-iqlim sharoiti va relyefini, yurtimiz hududlarining ijtimoiydemografik xususiyatlarini hisobga olgan, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo`llagan holda, yakka tartibda quriladigan uylar, ijtimoiymadaniy va sanitariya-maishiy obyektlar loyihalarini takomillashtirish ishlarini davom ettirish lozim” – dеb ta'kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |