Jamiyatimizni siyosiy yangilash va isloh etishning hozirgi bosqichida ana shu vazifani amalga oshirish davlat-huquqiy tizimini yanada dеmokratlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonida eng ta'sirchan turtki va muhim omil bo`lishiga shubha yo`q. Mintaqalarda fuqarolik institutlarini shakllantirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlash, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish borasida tarixan uzoq yo`lni bosib o`tgan xorijiy mamlakatlarning boy tajribasi va qo`lga kiritilgan yutuqlari aynan shundan dalolat bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |