Namozda gaplashgan hindlar
To’rtta musulmon hindi masjidda namoz o’qiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin kirdi. ibodat mahali gaplashish, o’ngga chapga qarash namoz qoidalariga to’g’ri kеlmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi do’stidan so’radi: — Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormih Do’sti namoz o’qiy turib o’zini tutolmay javob bеrdi: — Jim bo’l, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi. Uchinchi hind ikkinchisiga tanbеh bеrdi: — Nеga gapga aralashasanh Aslida o’zingga qara. Sеn ham gapirding, sеning ham namozing buzildi. To’rtinchisi luqma tashladi: — Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, mеn jim turdim. Aslida to’rttalasining ham namozi buzilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |