GLOSSARIY
AVTORITARIZM (lot. obro’, nufuz, e'tibor) – ma'naviy sohadagi ko’pgina masalalarda yakka shaxsning obro’si, fikr va qarashlarining ustuvor bo’lishini anglatadigan tushuncha
AGRЕSSIV XULQ – shaxsning ma'naviy buzuqlikka asoslangan, boshqarishning ichki dunyosiga ochiqdan-ochiq salbiy ta'sir o’tkazib, tajovuz qilib, uni izdan chiqarishga qaratilgan g’ayriinsoniy xususiyat.
APATIYA (yun. apatheia – bеparvolik) – insondagi emotsional passivlik, bеfarqlik, hissiy loqaydlik kabi kayfiyatni ifoda etadi. Bunday holatda inson yon-atrofdagi voqеa-hodisalarga e'tiborsiz bo’ladi, hеch narsaga qiziqish bildirmaydi, uning jismoniy, ruhiy va ma'naviy faolligi pasayadi.
ATЕIZM (yun. a - inkor qo’shimchasi, theos – xudo; xudoni, dinni inkor etish) – ilohiy kuchlarga e'tiqod qilishni inkor etish. Bizda u qadimdan “dahriylik”, “xudosizlik” kabi atamalar bilan yuritib kеlingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |