Ombudsman shvedcha ombudsman - biron kishi manfaatlarining vakili) - turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa - shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi.
Ombudsman turli yo`llar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada - Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsmanga bevosita murojaat qilishga haqlidir. Ombudsman kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ko`rsatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular Ombudsmanning taklifidan bosh tortsa, Ombudsman sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud.
Ombudsman institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman;
Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman Klassik tipdagi Ombudsman.
Har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik Ombudsman Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shahrik. koʻpgina mamlakatlar Ombudsmanlari kiradi. Oʻzbekiston Ombudsmani ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan.
Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuquqiga ega. Masalan kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari.
Prezidentimizning 2019 yil 22 apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etilishi natijasida mamlakatimizda bola huquqlari himoyasining tashkiliy va institutsional asoslari yanada mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi. Davlatning bola huquqlarini himoya qilishni ta’minlash funksiyasi Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatida aks etadi. Bugungi kunda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda dunyoning saksonga yaqin mamlakatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda - Vakil) o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;
Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;
Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek, uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |