O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
70310901-PSIXOLOGIYA (FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA)
Magistratura mutaxassisligi
I bosqich magistranti
Rahmonova Gulbonu Yunus qizining
OLIY TA’LIM BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARIDA BOSHQARUVCHANLIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
MAVZUSIDA YOZILGAN
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: dotsent v.b. psixol.f.d. (PhD) Abdullajonova D.S.
T oshkent-2022
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. OLIY TA’LIM BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARIDA BOSHQARUVCHANLIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI…………………………………………………….....7
1.1. Oliy ta’lim bitiruvchi talabalarida menejmentning shakllantirishning asosiy bosqichlari…………………………………………………………………………...7
1.2. Sharq mutafakkirlarining ilk qarashlari to‘g‘risida…………………………....14
1.3. Ilmiy adabiyotlarda oliy ta’lim bitiruvchi bosqich talabalarida menejmentni shakllantirishning muammosini o‘rganishning nazariy tahlili………………....…..22
XULOSA…………………………………………………………………………..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………31
KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi: Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va maʼnaviy oʻzgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular oʻzbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va maʼnaviy oʻzgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular oʻzbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol oʻynaydi.
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng koʻp yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. Bugungi kunda biz o’z maqsadimizga erishish uchun ularda samarali bilim va ko’nikmalarni tarkib toptirishga asosiy e’tibor qaratmoqdamiz. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar yosh va barkamol avlodni aqlan, axloqan kamolga yetkazish va unda shaxs sifatlarini tarkib toptirishdan iboratdir. Ma’lumki, o’smirlik davrida hayotiy strategiyalarni anglash uning shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan olganda o‘smirlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo’lmish yosh psixologiyasi fani bevosita inson psixologiyasining namoyon bo’lishi va rivojlanishining turli yoshlarda qanday kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganadi. Psixika namoyon bo’lishining yosh xususiyatlari o’rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, bu davirdagi o’smirlarda ham liderlikka intilish kuchli bo’ladi. Ular rasmiy va norasmiy shaklda namoyon bo’ladi. Bu asosan 9-10- sinflarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham, sinf rahbari o`z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan xamkorlikda ishlashi zarur. To’g’ri, ba’zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo`lishi ham mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog’liq bo`lgani uchun ham ularning o’zgarib turishini hisobga oladigan bo’lsak, o’kituvchining boshqarish maxorati yoki san’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir. Xozirgi kunda bor e’tibor maktab yoshidagi o’smirlarni to’g’i shakllantirishga qaratilganligi tufayli bu masala ham eng dolzarb muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |