. - Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob] leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud.
- Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish, biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim-tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyat kitobni o‘qimoq, o‘qilgan kitob, Kitob o‘qildi nutqiy hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |