Oʻzbekiston milliy bogʻi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy bogʻi — Oʻzbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bogʻi. Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan; maydoni 69 ga. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Toshkent shahrining yoshlari tashabbusi bilan hashar usulida qurilib ishga tushirilgan istirohat bogʻi (1938) hamda bogʻ bilan Xalqlar Doʻstligi saroyi oraligʻidagi hududda loyiha asosida meʼmoriy majmua yuzaga keltirildi.
1994-yil 31-avgust, mustaqillik arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. 2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq, Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: ko‘pchiligining yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi.
Mazkur masjid Toshkent shahar Shayxontohur tumani Samarqand darboza koʻchasi “Chorsu” mahallasi 13-A uyda joylashgan. Masjid oʻz faoliyatini 1991-yil may oyidan boshlagan. Masjid Toshkent shahar adliya boshqarmasining 1998-yil 22-oktyabrdagi 107-raqamli guvohnomasi bilan qayta roʻyhatdan oʻtgan.
Tillakori madrasa, Samarqanddagimeʼmoriyyodgorlik. Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab "Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi" deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun "tillakori" (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan
Xulosa. Xulosa oʻrnida shuni takidlash joizki biz bu bajargan amaliy mashgʻulotimizda Madaniy meros obyektlari turlari va ularning tasniflanishi va ularni malumotlar bazasini shakllantirish, Mobil GIS ilovalarining ahamiyati: Losus GIS mobil ilovasi afzalliklari haqidagi koʻplab malumotlarga va tushunchalarga ega boʻldik. Madaniy meros obyektlarinii oʻrganishda biz ekskursiya qilib bir qancha obyektlarni oʻrgandik: ular haqida malumot toʻpladik, ular bilan tanishib chiqib, rasmga tushirib chiqdik har bir obyektlarni va Locus GIS mobil ilovasida har bir madaniy meros obyektlari uchun malumotlar bazasini shakllantirdik. Arxitektura obyektlariga men 2ta obyektni tanladim bular:Tillakori madrasasi va Mo’yi muborak madrasasini oldim. Sababi uni oʻzgacha arxitekturaviy tuzilishi etiborimni tortdi. Diqqatga sazovar joylardan Ice City va Temuriylar tarixi davlat muzeyini oldim. Monumuyental yodgorliklarga Amir Temur haykali va Alisher Navoiy haykalini oldim. Arxeologik yodgorliklarga shoshtepa yodgorligi va Afrasiyob yodgorligini oldim. Ularni borib oʻrgandim rasmga oldim ular haqida malumotlar toʻpladim va bir qancha bilimlarga ega boʻldim. Xulosa qilib aytganda bu amaliy mashgʻulot orqali bilmagan koʻp narsalarimni oʻrgandim.Madaniy meros obyektlarini va GIS mobil ilovalari haqida, ayniqsa Locus GIS mobil ilovasi haqida bir qancha malumotlarga va nazariy bilimlarga ega boʻldim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Q. Raxmonov, A.R. Bobojonov. DAVLAT KADASTRLARI. Toshkent – 2007. I.Ixlosov., D.M.Rizayeva. Davlat Kadastr asoslari.Oʻquv qullanma.Toshkent-2019. Raxmonov Q.R., Uspanqulov B.M. Davlat kadastr asoslari. Oʻquv qullanma. Toshkent - 2019. Interney saytlari.