O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi 2-bosqich o`zbek guruxi talabasi “Davlat kadastri asoslari” fanidan bajargan AMALIY ISH
Mavzu: Madaniy meros obyektlarining ma`lumotlar bazasini yaratish. Bajardi: Abdurashidov A Tekshirdi: Bekanov Q
Тошкент 2022
Reja: Kirish.
Kadastr ishlarini yuritishda mobil GIS ilovalarining ahamiyati.
Locus GIS mobil ilovasini afzalliklari va telefonga o`rnatish.
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma`lumotlar bazasini strukturasini shakllantirish.
Madaniy meros obyektlari kadastr malumotlarini to`plash.
To`plangan madaniy meros obyektlarini izohlash.
Xulosa.
Foydalanilgan obyektlar.
Kirish. Madaniy meros obyektlari davlat kadastri madaniy meros obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida yuritiladi. Ushbukadastr madaniy meros obyektlarining geografik joylashishi,huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilab turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tiziminiifodalaydi. Biz davlat kadastri obyektlarining asosiy prinsiplarini o`rgangan holda madaniy meros obyektlarini ma`no va mazmun jihatdan yaxshi yoritib bera olamiz. Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiyprinsiplari hisoblanadi: – respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha obyektlarini kadastr bilan qamrab olish; – kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; – kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; – kadastrlar yagona tizimi talablarini ta’minlash; – kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‘ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; – kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi Davlat kadastrini yuritish madaniy meros obyektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, madaniy meros obyektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, madaniy meros obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishni va boshqalarni o`z ichiga oladi.
1.Kadastr ishlarini yuritishda mobil GIS ilovalarining ahamiyati. Har qanday GIS quyidagi o'zaro bog'liq komponentlardan iborat: