Biosfera haqida tushuncha. Vernadiski ta’limoti .
Biosfera tushunchasi. Biosfera darajasi sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar va ularning yashash muhitini qamrab olgan yaxlit sistema hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi biosfera tarkibi va strukturasining shakllanishiga olib keldi.
Ekologik nuqtayi nazardan biosfera Yer sayyorasidagi barcha ekosistemalarni birlashtiradigan, to‘xtovsiz moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladigan global ekosistemadir.
🠶 «Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan.
Akademik V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan
🠶 Bu ta’limotga asosan, biosfera – tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ular qoldiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o‘z ichiga oladi. Biosferani
o‘rganish geologik jarayonda hayotning va tirik moddaning ahamiyatini
tushunib yetishga sabab bo‘ldi.
Atrof-muhitni muhofaza: O’rmonlar, o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari miliy bog’lar.
🠶 Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari.
🠶 Xalqaro ekologik prinsiplar — xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya
huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq
normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni
huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
🠶Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
🠶1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilish;
🠶2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora- tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
🠶3) global ekologik muammolarning yechimini
topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish.
🠶 BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning
hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prinsiplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida,
Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi
xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |