Populyatsiyaning guruhlik xislati.
Tur vakilining ma’lum hududdagi umumiy soni;
Ma’lum maydon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a’zolarining massasi;
Tug’ulish – ma’lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo’lgan yangi vakillari soni
O’lish – ma’lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi
Populyatsiyaning o’sishi-tug’ilishi va o’lish o’rtasidagi
farq bo’lib, bu farq salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin.
O’sish tezligi-ma’lum vaqt ichida populyatsiya
a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligidir.
Biotsenoz,
biogeotsenoz va
ekotizimlarning tuzilmalari va xususityatlari
EKOTIZMLARNING O’ZGARISHI. SUKTSESSIYA HODISASI
Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi.
🠶 O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi.
🠶 Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday uzviy
bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi.
🠶 Biotsenoz-biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan.
🠶V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
🠶Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo’lgan funktsional jihatdan
tirik organizmlar va abiotik muhit o’zaro bir-birlari
bilan munosabatdagi ma’lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
🠶Biogeotsenozning asosiy komponentlari
atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil
o’lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda
bo’lishi mumkin.
🠶Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash
uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan
anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan
ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi zarur.
🠶Birinchi guruhga yashil o’simliklar kiradi. Ular
quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy
tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat
qiladi.
🠶Bunday avtotrof organizmlar produtsentlar
deb ataladi. produtsentlar – assimilyatsiya
jarayonida to’plangan energiyasini boshqa
organizmlarga beruvchilardir.
🠶Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh
energiyasi ishtirokida organik moddalarni
sintez qilib, yorug’lik energiyasini bog’langan
kimyoviy energiyasi sifatida g’amlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |