Yoz oylarida havo harorati juda ko`tarilib ketsa, organizm tanani sovutish choralarini ko`radi. Buning uchun ko`p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi. Organizmning hujayra va to`qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo`lishi kamayadi. Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo`ladi. Terlash kamayib, to`qimalarda energiya ajratish ham susyadi, organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, energiya hosil bo`lishi ko`payadi. Bular natijasida issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta`minlanadi. Abiotik omillar Abiotik omilllar tirik organizmga ta`sir etib, ularni hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga fizik va kimyoviy omillar kiradi. Kimyoviy omillarga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir, nerv sistemasining har xil kasalliklari ko`paysishiga sabab bo`lmoqda. Fizik omillar havo harorati, namligi, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, elektromagnit, issiqlik omillaridir. Biotik omillar tirik organizmlarning o`zaro rivojlanishida bir-biriga ta`siridir. Antropogen omillar tirik organizmga bevosita ta`sir etib, ularning yashash sharoitini o`zgartirib, hattoki yo`q bo`lib ketishiga sabab bo`lishi mumkin. Ular iqlim omillari, tuproq hamda topografik omillardir. Adaptatsiya - Adaptatsiya (lot. adaptatio — mos-lashuv) — 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas, ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’sir kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi.
- Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Ta`m, harorat, hid va ko‘rish sezgilarida adaptatsiya kuchli, eshitish va og‘riq sezgilarida kuchsizdir.
- Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan adaptatsiya hosil bo‘lmaydi.
- Adaptatsiya organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: iqlimning o‘zgarishiga ( Iqlimga moslashish), balandlikka ( Balandlik kasalligi), ko‘pgina infeksion agentlarga ( Immunitet) moslanishini ta’minlaydi.
- Adaptatsiya reaksiyasi moddalar almashinuvi intensivligining uzluksiz o‘zgarib turishiga asoslangan. Odam organizmining moslashuv reaksiyasi (A. reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin (nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllangan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun o‘ziga xos) reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Og‘ritadigan omil ta’siriga javoban oyoq-qo‘lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak faoliyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong‘ida ko‘z yorug‘lik sezish layoqatining zo‘rayishi — bularning hammasi tug‘ma tez adaptatsiya reaksiyalaridir.
- Har bir kishining turli yashash sharoitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va b.ga bog‘liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Yosh fiziologiyasi va Gigiyenasi 2. Hammabop tibbiyot qo`llanmasi 3. www.ziyo.uz 4. www.Pravda.ru E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |