qilgan holda ichki membrana bunday yirik molekular va ionlarga
nisbatan o`tkazuvchan emas. Ichki membrana 1200 pS gacha
kattalikdagi ionlarni o`tgazish xususiyatiga ega bo`lib, undan yiriklari
to`g`ridan-to`g`ri o`ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.
Xulosa o`rnida ta`kidlash mumkinki, mitoxondriyalar hujayralar
hayot faoliyatidagi eng muhim organoid bo`lib, ancha murakkab
tuzilgan. Ular o`zining DNK strukturasiga ega. Shu boisdan ham ularga
yarim avtonom organoidlar deb qaraladi.
1.1.2. Mitoxondriyalarning funksiyalari
Hujayrada sodir bo`ladigan turli jarayonlarning energiya almashinuvi bilan
o`zaro aloqadorligini aniqlash zamonaviy biologiyaning dolzarb vazifalaridan biridir.
Ma`lumki, mitoxondriyalarning normal fiziologik holatdan chiqishi o`z navbatida
hujayralarda ham patologik holatlarning yuzaga kelishi yoki uning nobud bo`lishi
olib keladi. Demakki, ular hujayra patologiyalarini yuzaga kelishida asosiy rolni
bajaradi.
Mitoxondriyaning hujayrada bajaradigan eng muhim funksiyalari
quyidagilardan iborat:
-
ATF sintezlash;
-
nafas zanjirini nazorat qilish;
-
kalsiy signalizatsiyani boshqarishda ishtirok etish va boshqalar.
Mitoxondriyalar ikki qavat membranaga ega murakkab strukturali hujayra
organoididir, ularning uzunligi o`rtacha 2-7 mk, diametri 0,5 mk ga teng va
membranalararo bo`shliqda turli xil kofermentlar joylashgan. Mitoxondriyaning
ichki membranasi ionlarga nisbatan tanlab o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
Mitoxondriyaning murakkab fermentativ struktura tizimida aminokislotalar, lipidlar
almashinuvi, fosfolipidlar, mochevina biosintezi, ionlarning tashilishi kabi
jarayonlar amalga oshadi. Mitoxondriyada energiya bog`lash jarayoni umumiy
tarzda 1961 yilda ingliz biokimyogar olimi Piter Mitchellning xemiosmotik
nazariyasida asoslab berilgan. Ushbu nazariyaga ko`ra mitoxondriya ichki
membranasida elektronlar tashilishi ATF sintezi jarayoni intermediat, ya`ni
membranada vujudga keluvchi protonlar gradiyenti bilan bog`langan. Bunda
membranada proton tashuvchi maxsus nasos tizimi mavjud. Bu nasos protonlarni
konsentrasiya gradiyentiga qarshi aktiv tashilishini amalga oshirib, hosil bo`lgan
energiya ATF makroergik bog`larida to`planadi. Bu jarayon nafas zanjiri deb atalgan
murakkab donor akseptor uzatuvchilar, sitoxrom tizimi faoliyati bilan ta`minlanadi.
Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi hujayralarda energiya sarfi bilan boradigan
jarayonlarni energiya bilan ta`minlovchi ATF molekulalarini sintez qilishdan iborat.
YA`ni hujayraning “elektr generatorlari” yoki ularni yana “kuch stansiyalari” deb
ham nomlanadi. Fosforlanish reaksiyalariko`plab hujayra jarayonlarini, masalan,
ATF ga bog`liq K
+
(K
ATP
) kanallari, sarkoplazmatik retikulumdan (SR) kalsiyni
chiqaruvchi kanallari va potensialga bog`liq kalsiy kanallari singari ion kanallarining
faolliklarini boshqaradilar. Bundan tashqari mitoxondriya glyukozaning
gomeostazini saqlashda ishtirok etadi, oshqozon osti temir b-hujayralarining insulin
sekresiyasiga yordam beradi. gipotalamik glyukozaga-sezgir neyronlarning
qo`zg`alishi imkonini yuzaga keltirishda ishtirok etadi. Ular kislorod va boshqa
muhim mitoxondrial substratlarining sensori sifatida nafas olishni boshqarishi
mumkin (Эршова, 2003).
Mitoxondrial energiya almashinuvi ATF-sintetik yo`lidan farqli ravishda turli
metabolizm yo`llari, jumladan, homilaning qalin yog` qatlamida katexolamin-
regulyator oqsil umumlashtirgichlarning ekspressiyasi va issiq qonli hayvonlarning
uyquga ketishida issiqlik generasiyasi nafas olish zanjirining ozod radikalli
birikmalari hosil bo`lishini boshqarilishi uchun energiya manbai hisoblanadi.
Bundan tashqari mitoxondriya energetik metabolizmga bog`liq bo`lmagan va
gemoglabin, steroidlar va oshqozon kislotalari hosil bo`lishini katalizlaydigan
fermentlar hosil bo`ladigan muhim biokimyoviy jarayonlarning joyi hisoblanadi.
Mitoxondriyalarning kalsiy to`plash xususiyati mitoxondriya fermentlari
aktivligini kalsiyga bog`liq holda boshqarilishi orqali energetik talabni biriktirish
bilan ATF mahsulotlari oshishini ta`minlaydi. Mitoxondriyalarda Sa
2+
ning
to`planishi turli hujayralardagi Сa
2+
-kanallari signallarining hududiy va vaqt
dinamikasiga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin.
So`nggi yillardagi tadqiqotlar hujayraning apoptotik va nekrotik halokatida
mitoxondriyalarning asosiy rol o`ynashini ko`rsatdi. Ma`lumki, hujayra nobud
bo`lishi arafasida membranalari potensiali kamayishi natijasida apoptozni
indusirlaydigan faktor hamda sitoxrom C kabi “o`lim oqsillarini” saqlaydilar va ular
mitoxondriya yorilgan paytda sitoplazmaga ajralib chiqadi (Гагельганс, 2001,
Камбурова, 2001).
Bunga muvofiq mitoxondriyaning hujayra fiziologiyasidagi markaziy o`rni
turli kasalliklarda mitoxondriyaning funksional buzilishining kritik ahamiyatini
belgilaydi. O`tkir mitoxondrial disfunksiyalarda, masalan, ishemiya va anoksiyada
energiya yetishmovchiligi hamda hujayraning nekrotik halokatiga sabab bo`ladi.
Energetik metobolizmda mitoxondriyaning anomoliyasi organizm qarishida
shuningdek, ma`lum neyrogenerativ kasalliklar jumladan, parkinson kasalligida,
amiotrof loteral skleroz va boshqa kasalliklarda ahamiyatlidir, hamda diabetda
sabab
bo`lishlari
mumkin.
Ko`pgina
ensifalomiopatiyalar,
parfiriyalar
mitoxondriyadagi qator fermentativ yo`llardagi genetik nuqsonlardir. Demak,
mitoxondriyadagi ATF sintezi hujayra sintetik statusini, osmotik boshqarilish, рН-
nazorati, sitozol, Сa
2+
-gomeostaz va hujayra signalizasiyasini kritik boshqarish
mumkin (Досон, 1991).
Mitoxondriyadagi intermediant ATF ni oksidlanishi orqali generasiyalanish
sistemasini oksidlanish-fosforlanish deb ataladi. Oksidlanishli fosforlanishda
ishtirok etadigan asosiy elementlar sxematik tarzda ko`rsatilgan (1.1-sxema), ular
mitoxondriya fiziologiyasi to`g`risida tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi hamda
hujayradagi mitoxondriyaning funksiyalarini tadqiq etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: