3-mashq. «Suv osti dunyosi» rasmini hosil qiling. Paintda rasm ochishning 2-usulidan foydalanib, rasmlarni (14, 15-rasmlardagi lavhalar) qayta ishlash ko‘nikmasini hosil qiling:
14-rasm.
15-rasm. 16-rasm.
Hosil bo‘lgan yangi tasvirni boshqa nom bilan saqlab qo‘yish mumkin (16-rasm).
Peksel nima
Displey ekrani safrlarga va ustunlarga ajratib bo'lib, har bir qator va ustun kesishganjoydeb ataluvchi juda kichik tasvir bo’1aklari
O O O O O joylashgan. Piksellaming har biri alohida manzilga A ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to'rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo'lgan ranglardan birida bo'lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o'zi uchga bo'linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko'k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo'shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko'rinishga o'tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko 'rinishda tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o'tgan asrning 70 — 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadał rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo 'lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san'at va sportga ham tegishli bo'lib, barcha sohalarda keng qo 'llaniladi. Kompyuter grafikasi bo'yicha har yili ko'plab konferensiyalar o'tkaziladi, ilmiy jurnallar va o'quv qo'llanmalar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.
Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San'at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o'yinlar bo'yicha jahon birinchiliklari o 'tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: I) statsionar (o'zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3 multimedia.
Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug'ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o'tishi bilan o 'zgaradigan tasvirlar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o'z ichiga oladi. Multimedianing o'ziga xos jihati uning interfaolligi bo'lib, unda bir joydan ikkinchi joyga o'tish imkoniyati ko'zda tutilgan bo'ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun Olam to'ri — wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin.
Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun.
2. Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar va jarayonlami yaqqol ko'rsata bilish uchun xizmat qiladi.
3.Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirishni ta'minlaydi.
4. Illyustrativ grafika. Xizmat ko'rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.
Badiiy grafika. San'at asarlarini yaratishda keng qo'llaniladi
Xulosa
Men bu amali ish yozish monosida shuni xulos qildimki, zamonaviy axborot kommunikatsiyalarining rivojlanishi va inson faoliyatining barcha saohlariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning barpo bo’lishidan darak beradi. Bunday jamiyat inson faoliyatining hamma sohalarida mehnat qilayotganlarning mutloq ko’pchiligi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va uni eng yuqori shakli – bilimlarni tarqatish bilan shug`ullanadi. Axborotlarni qayta ishlashda asosan grafik ko’rinishida qayta ishlash bilan kompyuter garafikasi fani shug’ullanadi. Kompyuter grafikasi fani yutuqlaridan rassomchilik,kino texnologiyalari, multiplikatsiya va shu kabi boshqa bir qancha san’at sohalarida keng foydalanilmoqda. Kompyuter garafikasi mahsuli sifatida virtual muzeylarni, kompyuterda ishlov berilgan chiroyli har xil rasmlarni,galagram-malarni, kompyuter effektlariga boy video filmlarni va boshqa bir qancha san’nat asarlarini keltirish mumkin. Shunday ekan, biz yoshlar axborotlashgan jamiyatda o’z o’rnimizni topishida kompyuter grafikasi fanining o’rni alohida bo’lib, hozir-gi kunning dolzarb fani hisoblanmoqda. Maktab o’quv dasturlariga ham kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlarni kiritish lozim.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.6- sinf informatika darsligi
2. Gary David Bouton. CorelDraw X7: The Official Guide. McGraw-Hill Education,
New York, USA. 2015. 705 p.
3. James D. Foley, Andries van Dam, Steven K. Feiner, John Hughes. Computer
Graphics: Principles and Practice. – Third edition. Pearson Education Inc, USA.
2014. 1260 p.
4. Никулин Е.А. Компыютерная геометрия и алгоритмы машинной графики.
СПб.:БХВ-Петербург, 2003.-560 с.
5. Роджерс Д., Адамс Дж. Математические основы машинной графики. «Мир»
Москва. 2001. 604 с.
6. San Jose, “Adobe PhotoShop CS6. Classroom in a Book”. Adobe Systems
Incorporated, California, USA 2012. 400 p.
7. Steve Bain, Nick Wilkinson. CorelDraw 12: The Official Guide. McGrawHill/Osborne Media. 2004. 695 p.
8. Tillayev A.I. “Fotodizayn, Adobe PhotoShop”. O`quv qo`llanma. Toshkent,
“Adib”. 2014. 156
9. http://www.ziyonet.uz
10. http://www.wikipedia.org
11. http://www.tuit.uz
12. http://www.ziyonet.uz
13. http://www.intuit.ru
14. http://www.edu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |