«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


IfODALILIK VA O‘XshATIshLAr



Download 265,61 Kb.
bet96/122
Sana20.09.2021
Hajmi265,61 Kb.
#179832
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Bog'liq
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»-fayllar

IfODALILIK VA O‘XshATIshLAr
1-topshiriq.
  Berilgan gaplardagi 
oltindek (-day) 
so‘zining o‘xshatish 
unsuri sifatida ifodalilikni kuchaytirishdagi ishtirokini izoh-
lang.
1. O‘shanda bo‘ychan o‘spirin otasi bilan birga ekib, parvarishlagan 
bug‘doy 
oltindek
  sarg‘ayib pishayotgan edi. (G‘ulom Karimiy) 2. Yaproq 
quyosh nurida 
oltindek
  tovlanib, yengil tebranganicha ko‘kka dadil bo‘y 
cho‘zib turardi. (O‘. Umarbekov) 3. Bular so‘zlab bergan har bir hikoya, 
O‘zi shundoqqina 
oltinday
 kitob. (Zulfiya)
2-topshiriq. 
Berilgan gaplardagi o‘xshatishlarni izohlang, ularni yara-
tishda ijodkor mahorati haqida gapiring. 
1. So‘fining tani shu topda Arabiston tog‘larining saratondagi tosh-
lariday qizib yonardi. (Cho‘lpon) 2. Xayollar qo‘ymaydi o‘z holimizga – 
Lo‘livachchalardek yopishqoq, kir-chir. (Iqbol Mirzo)
O‘xshatishlar nutqda katta badiiy-uslubiy imkoniyatlarga ega 
bo‘lganligi uchun nutqning ifodaliligini ta’minlaydigan alohida vosi-
ta vazifasini bajaradi.
O‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi, ya’ni: 1) o‘xshatiladi-
gan narsa (yoki subyekt); 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 
4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi. Masalan,  Yigit musichadek beo-
zor ekan  o‘xshatishida  yigit  o‘xshatiladigan narsa,  musicha  o‘xshatish  
 etaloni,  beozor  o‘xshatish asosi, -dek  qo‘shimchasi esa o‘xshatishning 
shakliy ko‘rsatkichidir. 



88
O‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi: 1) erkin o‘xshatishlar; 
2)  tur  g‘un  (doimiy)  o‘xshatishlar.
Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan 
er 
kin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vosi-
talardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi 
o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil origi-
nal o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi 
bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat
xususiyat, predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanti-
radi. Masalan,  Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini 
eshitdi,  yuragi objuvoz likopiday ura boshladi (Cho‘lpon) gapidagi 
o‘xshatish – yozuvchining o‘z ijodi mahsuli. Mana bu o‘xshatish-
lar ham erkin badiiy o‘xshatishlardir:  Maydalab o‘rilgan sochlardek 
egatlarga taralgan suvlar – nay ko‘ksidan oqayotgan ohanglar kabi 
sirli-sirli jildiraydilar (Ismoil To‘lak).
Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz 
barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs 
yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi bilan 
til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, 
umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar 
xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kirila-
di. Masalan, Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday 
ma’lum
  (Cho‘lpon);  Bolalari qo‘rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi 
(M. Nizanov)  gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir.
Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda 
alohida o‘rin tutadi.

Download 265,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish