65
NuTqNINg jO‘yALILIgI
Topshiriq.
Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan olingan parchani
o‘qing. Gapni o‘z joyini topib gapirishning foydasi haqi-
da fikrlashing.
Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va muloyim so‘zdin boshqa nar-
sani odat qilmag‘il. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni
aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin
ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop
eshitilur. Shuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdur. Bunday be-
foyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday
so‘zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: «So‘z bir nash’adur, undan
xumor paydo bo‘lur».
Nutq tuzishdan oldin bu nutqning jo‘yasini – munosib o‘rnini
tasavvur qilish kerak. Har qanday nutq ifodalanmoqchi bo‘lgan
axborotning mazmuni, tinglovchi yoki o‘quvchining yoshi, ijtimoiy
maqomi, nutqning yozma yoki og‘zaki ekanligi, nutq vaziyatiga
to‘la mos kelishi zarur, jo‘yalilik sifati shu asosda yuzaga keladi.
Til vositalarini tanlashda shu jihatlar inobatga olinishi zarur.
Masalan, yaqin kishisini yo‘qotgan odamning hissiy-ruhiy holati
ma’lum. Shunday odamdan ko‘ngil so‘rash, unga ta’ziya bildi
rish
uchun tuziladigan nutqda «o‘lmoq» ma’nosini ifodalash uchun
aynan o‘lmoq so‘zini tanlash o‘rinli emas, bu so‘z so‘zlovchi va
tinglovchi muloqotidagi mantiqiy-axloqiy munosabat ruhiga mos
emas. Bu mazmundagi nutqning jo‘yaliligini ta’minlash maqsadi-
da mazkur so‘zning vafot etmoq, bo‘lmay qolmoq, o‘tib qolmoq,
olam
dan o‘tmoq, olamdan ko‘z yummoq, u dunyoga ketmoq kabi
«yumshoqroq» muqobillari qo‘llanadi.
Kichkintoylar nutqida, masalan, Sog‘likda ko‘rishaylik! Omon
bo‘lsak, albatta, ko‘rishamiz! kabi iboralar jo‘yalilik sifatidan mahrum
bo‘ladi, chunki ular bola nutqi uchun mutlaqo xos emas. Bunday
jumlalar kattalar, keksalar nutqidagina mazkur sifatni ola biladi.
Yoki Bolalarni tarbiyachi o‘z oldiga chaqirib, minnatdorchilik
bildiradi gapida minnatdorchilik bildirmoq iborasi nojo‘ya qo‘llan-
66
gan, shu
ning uchun bu nutqni jo‘yali deb bo‘lmaydi. Bog‘cha
bolasi va tarbiyachi o‘rtasidagi yosh va maqom farqi mazkur
iborani qo‘llashga monelik qiladi, bunday o‘rinda jo‘yalilik sifati
rag‘batlantirmoq so‘zini ishlatishni taqozo etadi.
71-mashq.
Berilgan matnni o‘qing. Qaysi o‘rinda nutqning jo‘yaliligi
bu zilganini aniqlang.
– Kechirasiz, o‘zingizni tanishtirmadingiz.
– Asli farg‘onalikman. Ismim Kamola. Hozirda oilam bilan Tosh-
kentda yashayman.
– O‘z tug‘ilgan joyingdan olisda yashashning ham azoblari bor...
– Albatta. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l
deganlari haq ekan. («Xonadon» gazetasi)
72-mashq.
Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar nutqning
jo‘yali lik si fatini nima uchun buzayotganligi haqida fikrla-
ringizni bildiring.
1. Nimalar qilyapsiz, ona?! – o‘g‘li yolvoruvchan ovoz bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |